Ukraina QK Havo kuçlari Rossiyaning Su-34 qiruvçisi Mariupol yönalişida zenit-raketa majmuasi tomonidan urib tuşirilganini bildirdi. Bu haqda 24 dekabr, yakşanba kuni UQK HK qömondoni general-leytenant Nikolay Oleşçuk ma’lum qildi.
«Odessa yönalişida Qora dengizda Rossiyaning Su-30 samolyoti böyiça jangovar işlar olib borildi – nişonga urildimi yoki yöqmi, aniq biliş uçun obektiv nazorat materiallarini örganyapmiz», — deyiladi xabarda.
UQK Rossiyaning uçta Su-34 samolyoti urib tuşirilgani haqida xabar berdi
22 dekabr, juma kuni Oleşçuk bir kunda Rossiyaning uçta Su-34 qiruvçi-bombardimonçi samolyoti urib tuşirilgani haqida xabar berdi. General-leytenantning ta’kidlaşiça, bu voqea öşa kuni tuşga yaqin janubiy yönalişda sodir bölgan.
Şu kuni Rossiyaning Fighterbomber Telegram-kanali Patriot zenit-raketa kompleksi yordamida kamida bitta samolyot urib tuşirilganini tasdiqlab, qulaş çoğida omon qolgan uçuvçilarni qutqariş operatsiyasi suratlarini e’lon qildi. Ularning haqiqiyligi hali mustaqil manbalar tomonidan tasdiqlanmagan.
https://www.dw.com/ru/vs-vsu-sbit-cetvertyj-rossijskij-istrebitelbombardirovsik-za-troe-sutok/a-67816280









