Qaşqadaryo viloyatida maktab yoşidagi qizlar unaştirib qöyilayotgani muhokamalarga sabab bölgan edi. Özbekistonda Oila kodeksida nikoh yoşi belgilangan, bu bilan boğliq vaziyatda qonunbuzilişi kuzatilsa, Jinoyat kodeksiga asosan javobgarlik bor. Ammo erta unaştiruvlarga nisbatan qonunçilikda heç qanday çora mavjud emas.
25 dekabr kuni Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva yoşlar bilan ötgan uçraşuvidan söng, Kun.uz muxbirining şu haqdagi savoliga javob berdi.
Norboyevaning fikriça, unaştiruvga huquqiy jarayon sifatida emas, milliy urf-odat sifatida yondaşiş kerak
“Buni odamlarimizning tuşunçasiga boğlaş kerak. Qaçonki, odamlar öz farzandlariga bilim berib, kasb-korli qilib, hayotga tayyor bölgan keyingina oilali qilişni maqsad qilib qöysa, masala öz-özidan hal böladi.
Bizning qonunçiligimizda bu böyiça heç qanday muammo yöq. Gap qonunga amal qilmaslikda. Mas’uliyat esa birinçi navbatda ota-onada bölişi kerak, qöyingki, mana mahalla faollarida ham. Çunki ota-onada qandaydir sababga köra, “qizlarimni tezroq uzatib yuboray, tezroq qutulay”, degan notöğri fikr bor. Heç qaçon heç qaysi ota-onada farzanddan tezroq qutilay degan fikr bölmasligi kerak. Men öylaymanki, har bir ota-ona farzandini tuğib, voyaga yetkazib, keyinçalik katta bölib, har xil jarayonlarda böladi, mana şularni körib, xursand bölib yuraylik degan niyatda bölişi kerak. Heç qaysi ota-ona “qiz bolani uzatib yuborib, qutulay” degan niyatda bölişi kerak emas.
Şuning uçun bu otasi yoki onasi böladimi, yaxşi tilak tilaşi kerak. Şuning uçun [qonunlardagi çeklovlar] unaştiruvga boğliq emas”, – deydi Norboyeva.
U FHDYo organlaridan rasmiy nikohdan ötgandan keyingina şar’iy nikoh öqilişi lozimligi, aks holatda diniy soha vakillari javobgarlikka tortilişini eslatdi.










