Prezident Şavkat Mirziyoyev tomonidan 14-oktabr kuni imzolagan qonun bilan Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksga (47.3-moddasi) özgartirişlar kiritildi.
Jumladan, endi nikoh yoşiga yetmagan şaxs bilan haqiqiy nikoh munosabatlariga kirişiş bazaviy hisoblaş miqdorining (BHM) 10 baravaridan 15 baravarigaça - 4,4 million sömdan 6,6 million sömgaça jarima solişga sabab böladi. Ilgari eng yuqori jazo çorasi BHM 10 baravarini taşkil etar edi.
Şuningdek, voyaga yetmagan fuqarolarni turmuşga berganlik yoki uylantirganlik uçun ham jarimalar oşdi. Yangi qonun qabul qilingunga qadar aybdorlar BHM 15 baravarigaça bölgan miqdorda jarimaga tortilişi mumkin edi, endi esa BHM 20 baravaridan 25 baravarigaça - 8,8 million sömdan 11 million sömgaça oraliqda jarima belgilandi.
Nihoyat, FHDYoda tegişli tartibda qayd ettirmay diniy marosim (şarʼiy nikoh) ötkazganlik, jumladan, 18 yoşga tölmagan fuqarolar örtasida şunday nikoh tuzganlik uçun BHM 30–50 baravari miqdorida - 13,2 million sömdan 22 million sömgaça moliyaviy jazo közda tutilgan. Ilgari bu jarima bazaviy hisoblaş miqdorining 30 baravaridan oşmas edi.
Taʼkidlaş joizki, joriy yilning 1-sentabridan boşlab nikoh yoşi töğrisidagi qonunçilik yoki nikoh tuziş qoidalariga rioya etmaslik holatlari yuzasidan qöllangan jarima summasining 15 foizi uşbu huquqbuzarliklar haqida xabar bergan şaxsga tölab berilişi tartibi amal qilmoqda.
Bugungi kunda Özbekistonda nikoh yoşi erkaklar uçun ham, ayollar uçun ham 18 yoş etib belgilangan. Faqat ayrim hollardagina davlat organlari bu çegarani bir yilga qisqartirişi mumkin. Homiladorlik yoki farzand tuğilişi kabi holatlar uzrli sabablar sirasiga kiradi.










