Qaşqadaryo viloyati Kökdala tumanidagi 68-maktabning 7-sinf öquvçisi unaştirilayotgani aytilgan video ijtimoiy tarmoqlarda rezonans keltirib çiqardi.

Holat jamoatçilik muhokamalariga sabab bölgaç Bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonova vaziyatni örgangani böyiça ma’lumotlarni e’lon qildi. Unga köra, qizçaning ota-onasi videodagi holat aslida farzandining tuğilgan kuni munosabati bilan ötkazilgan marosim ekani töğrisida tuşuntiriş bergan. Söng qizning ota-onasi ayolni turmuşga çiqişiga majburlaş uçun jinoiy javobgarlik mavjud ekani töğrisida ogohlantirilgan.

Qayd etilişiça, bu hududda qizlarning unaştiruv marosimini erta ötkaziş urf-odatlari qisman bölsa-da saqlanib kelmoqda, şuni inobatga olib, holat yuzasidan Bolalar ombudsmani öz nazoratini davom ettirişini aytgan.

«Jumladan, bu oilada bolaning jismonan va ma’nan soğlom muhitda parvariş qilinişi, uning ta’lim oliş hamda kelgusida öz hayoti bilan boğliq qarorlarni qabul qiliş huquqi ta’minlanişi kuzatib boriladi.

Bolalar ombudsmani qizlarni erta turmuşga beriş holatlariga mutlaqo murosasiz bölib, şunday fikrda bölgan ota-onalarni nikoh yoşi töğrisidagi qonunçilikni yoki nikoh tuziş tartibini buziş uçun qonunan javobgarlik belgilangani haqida ogohlantiradi», – deyiladi xabarda.

Bu böyiça Qaşqadaryo viloyati maktabgaça va maktab ta’limi boşqarmasi ombudsmanga tayanib, videodagi unaştiruv holati öz tasdiğini topmagani böyiça munosabat bildirgan.

«Holat Qaşqadaryo viloyatining Kökdala tumanida bölib, mas’ullar tomonidan joyiga borib örganiş ötkazilganda, qizçaning ota-onasi videodagi holat aslida farzandining tuğilgan kuni munosabati bilan ötkazilgan marosim ekanligi töğrisida tuşuntiriş berdi», — deyiladi taşkilotning dastlabki munosabatida.

MMTB: «Öquvçining tuğilgan kuni bölmagan»

Holat yuzasidan Kun.uz muxbiri Qaşqadaryo viloyati MMTB bilan boğlandi. Boşqarma axborot xizmati rahbari Javohir Rustamovning ma’lum qilişiça, öquvçining uyida bölib ötgan tadbirni baholaş boşqarma vakolatiga kirmaydi.