Prokuror ekstremizmda ayblanayotgan tomsklik faol Kseniya Fadeyevani 10 yil-u 6 oy qamoq jazosiga hukm qilişni söragan. Bu haqda 28 dekabr, payşanba kuni Fadeyevaning Telegram'dagi qöllab-quvvatlaş guruhi xabar berdi.

Yordam guruhiga köra, Tomsk Sovet sudida bölib ötgan sud jarayonida payşanba kuni sudya Xudyakov qolgan barça himoya guvohlarini söroq qilişdan boş tortgan va tomonlar örtasidagi eşituvga kirişgan. Prokuror Roman Boldirev ayblanuvçining aybini ta’kidlab, 10,5 yil umumiy rejimdagi koloniyani söradi. Fadeyeva juma kuni sönggi sözini aytadi, şundan söng hukm e’lon qilinişi kutilmoqda.

Fadeyevaga qarşi iş

Tomsk şahar dumasi deputati Kseniya Fadeyeva öz mansab mavqeyidan foydalangan holda «ekstremistik hamjamiyat» faoliyatini taşkil etişda hamda «fuqarolarning şaxsi va huquqlarini buzuvçi notijorat taşkilotda iştirok etişda» ayblanmoqda. Ta’qibga uning Navalniyning ştabida işlaşi sabab bölgan.

Fadeyeva 2021 yilning dekabrida qölga olingan. 2023 yil avgust oyida deputatning işi körib çiqiş uçun sudga yuborilgan. Majlislar yopiq eşiklar ortida ötkazilyapti.

2023 yil oktyabr oyining oxirida Fadeyevaning ehtiyot çorasi muayyan harakatlarni taqiqlaşdan uy qamoğiga özgartirildi. 13 noyabr kuni esa sud uni davlat ayblovçisining iltimosiga binoan tergov izolyatoriga jönatdi. «Memorial» Fadeyevani siyosiy mahbus deb biladi.