Samarqand şahrida şaxmatning blits yönalişi böyiça jahon çempionati yakunlandi.

Turnirda 16 oçko jamğarib, norvegiyalik Magnus Karlsen çempionlikni qölga kiritdi. Bu grossmeysterning blits böyiça yettinçi unvoni böldi.

Ikkinçi va uçinçi örinlarni rossiyalik Daniil Dubov (15,5 oçko) va Vladislav Artemiyev (15 oçko) egalladi.

Özbekistonlik şaxmatçilar turnirda muvaffaqiyatsiz iştirok etdi: Şamsiddin Vohidov hamda Nodirbek Yoqubboyev 12,5 oçko, Javohir Sindorov 12 oçko, Nodirbek Abdusattorov 11,5 oçko töplab, sovrindorlar safiga kira olişmadi.

Avvalroq, Magnus Karlsen rapid yönalişi böyiça ham çempion bölgan edi.

Ayollar örtasidagi blits turnirida rossiyalik Valentina Gunina çempion böldi. Şveytsariyalik Aleksandra Kostenyuk ikkinçi, xitoylik Ju Jiner uçinçi örinni egalladi.

Özbekistonlik Umida Omonova va Afröza Hamdamova sovrindorlar safiga kira olişmadi.