Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Oppengeymer» filmi «Oltin globus» bosh mukofotini qo‘lga kiritdi
Los-Anjyelesda 81-«Oltin globus» mukofotini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Amerika atom bombasini yaratuvchisi haqida hikoya qiluvchi «Oppengeymer» filmi bosh mukofotga ega chiqdi.

Killian Merfi, Kristofer Nolan va Mett Deymon Foto: Christopher Polk
Kristofer Nolanning o‘zi eng yaxshi rejissyor sifatida taqdirlandi. «Oppengeymer» filmida bosh rolni ijro etgan Killian Merfi dramatik filmdagi eng yaxshi aktyor deb topildi. Kichik Robert Dauni - ikkinchi plandagi eng yaxshi aktyor. «Oppengeymer» «Eng yaxshi original saundtrek» nominatsiyasida ham g‘olib bo‘ldi.
Boshqa g‘oliblar:
Greta Gervigning «Barbi» filmi «kinematografiya va kassa yutuqlari» uchun taqdirlandi. Billi Eyilish bu film uchun kuylangan What Was I Made For? («Men nima uchun yaratilganman?») qo‘shig‘i uchun haykalcha oldi.
Eng yaxshi komediya - Yorgos Lantimosning «Bechora baxtsizlar» filmi. Filmda bosh rolni ijro etgan Emma Stoun eng yaxshi komediya aktrisasi deb topildi.
«Eng yaxshi dramatik aktrisa» nominatsiyasida Lili Gladstoun («Gulli oy qotillari») g‘olib chiqdi.
Eng yaxshi animatsion film - Xayao Miyadzakining «Bola va qush», xorijiy tildagi eng yaxshi film: «Qulash anatomiyasi» (Fransiya).
«Vorislar» eng yaxshi dramatik serial, «Ziddiyat» esa eng yaxshi mini-serial deb topildi. «Ayiq» filmi eng yaxshi komediya serial nomiga sazovor bo‘ldi.
81-«Oltin globus» mukofotini topshirish marosimi Beverli-Xillzda bo‘lib o‘tdi. «Oltin globus» Amerika kinomukofoti Hollivud Xorijiy matbuot assotsiatsiyasi tomonidan 1944 yildan beri har yili yanvar oyida dunyo bo‘ylab 300 ga yaqin jurnalistlar ovozi asosida topshirib kelinadi. U kino olamida «Oskar»dan keyin ikkinchi eng nufuzli mukofotdir.
Tavsiya etamiz
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Qirg‘izistondan 5,2 mlrd so‘mlik tilla buyumlarni noqonuniy olib kelgan shaxs ushlandi
O‘zbekiston | 09:22
-
Toshkent va Farg‘onada ichki ishlar sohasidagi pensionerlar huquqbuzarliklar profilaktikasiga jalb qilinadi
O‘zbekiston | 09:04
-
Hokimiyat organlarida ichki nazorat tizimi takomillashtiriladi
O‘zbekiston | 09:01
-
O‘zbekiston Markaziy Osiyoda birinchi bo‘lib ekologik texnologiya asosida molibdenni qayta ishlamoqda
O‘zbekiston | 09:00
Mavzuga oid

10:05 / 19.02.2024
«Oppengeymer» BAFTA kinomukofotining 7 nominatsiyasida g‘olib chiqdi

19:45 / 12.01.2023
2023 yilgi «Oltin globus» g‘oliblari e’lon qilindi

10:36 / 11.01.2023
«Argentina, 1985» filmi «Oltin globus»ni qo‘lga kiritdi

13:30 / 06.01.2020