«Bavariya» va Germaniya milliy jamoasining afsonaviy futbolçisi 78 yoşda vafot etdi. Bu haqda uning oilasi ma’lum qilgan.

Bekkenbauer 4 karra Germaniya çempionligini qölga kiritib, 3 karra Yevropa Çempionlar kubogi sohibiga aylangan. U Germaniya milliy jamoasi safida 1972 yil Yevropa çempioni, 1974 yil esa jahon çempioniga aylangan. Frans ikki karra «Oltin töp» sohibi sanaladi.

Bekkenbauer futbolçilik faoliyatidagi yutuqlaridan taşqari, 1990 yil Germaniya milliy jamoasi murabbiyi sifatida ham jahon çempionligini qölga kiritgan. Şuningdek, Myunxen klubi ustozi sifatida jamoasi bilan Bundesliga va UYeFA kubogini qölga kiritgan.