Qatarning davlat telekanali sanalgan beIN Sports FIFAga mamlakat JÇ-2022 musobaqasi mezbonligini qölga kiritişi uçun 100 million dollar miqdorida mablağ bergan. Bu haqda The Mail on Sunday naşri xabar tarqatdi.
Manbaning ma'lum qilişiça, bu ma'lumotlarni FIFA sobiq prezidenti Yozef Blatter bilan oçiq intervyu qilgan Bonita Mersiades özining kitobida yozib qoldirgan. Mansabdorning aytişiça, u JÇ-2022 mezbonini oldindan bilgan, buni ovoz berişda Qatarni qöllab-quvvatlagan Mişel Platinidan eşitgan. Öşanda Blatter va beIN Sports özaro kelişib olişgan, şuningdek, ular FIFA rahbarligi uçun saylovlarda öşa vaqtlarda OFK prezidenti bölgan Muhammad Bin Hammomning iştirok etmasligi böyiça ham kafolat olgan.
Blatter Qatarning ğalabasiga şunçalik işonçi komil bölganki, u hattoki AQŞning öşa vaqtdagi prezidenti Barak Obamaga telefon qilib, mezbonlik uçun asosiy da'vogar sifatida qaralayotgan AQŞ arizasi mağlubiyatga uçraganini aytgan.
FIFA sobiq rahbari şuningdek, avvaliga Avstraliyani qöllab-quvvatlagan Frants Bekkenbauer Qatardan pora olgaç, ovozini özgartirgani haqida ham gapirib bergan.












