Qaror loyihasi bilan 2024 yil 1 yanvardan boşlab atrof-muhitga ta’siri böyiça I-IV toifalarga kiruvçi xöjalik yurituvçi sub’yektlarning faoliyatini belgilangan tartibda davlat ekologik ekspertizasidan ötkaziş jarayonida Ekologiya vazirligi tomonidan uglerod neytralligini ta’minlaş böyiça maqsadli körsatkiçlar belgilaş tartibi joriy etilmoqda. 

Bunda:

  • faoliyat turidan kelib çiqib, atrof-muhitga ta’sirni baholaş materiallarida işlab çiqariş natijasida hosil böladigan issiqxona gazlari miqdori hamda uglerod izini (carbon footprint) kamaytirişning aniq körsatkiçlari loyiha pasporti bilan belgilanadi;
  • belgilangan körsatkiçlar asosida uglerod izini kamaytiriş böyiça davlat ekologik ekspertizasi xulosasida xöjalik yurituvçi sub’yektlar tomonidan amalga oşirilişi majburiy bölgan çora-tadbirlar işlab çiqiladi;
  • davlat ekologik ekspertizasi xulosasida belgilangan çora-tadbirlarning bajarilişi yuzasidan monitoring olib boriladi, uning natijalari qonunçilikda belgilangan tartibda jarima va qöşimça kompensatsiya tölovlarini qöllaşga asos böladi;
  • davlat ekologik ekspertizasi xulosasi va uning bajarilişi yuzasidan olib borilgan işlar böyiça axborot vazirlikning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.