11 yanvar kuni Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Toşkent-Istanbul yönalişida parvoz qilgan samolyot Turkiyaning Anqara şahriga favqulodda qöndi.
Özbekistonning Turkiyadagi elçixonasidan ma’lum qilişlariça, bunga yölovçilardan birining soğliği yomonlaşgani sabab bölgan. 1946 yilda tuğilgan Özbekiston fuqarosi yurak xurujiga uçragan. Unga birinçi yordam körsatilişiga qaramay, hayotini saqlab qolişning iloji bölmagan.
Elçixona vatandoşga tegişli konsullik-huquqiy yordam körsatgani va marhumning jasadi Özbekistonga jönatilganini bildirdi.
Avvalroq, samolyot parvozi paytida qanday kasalliklar kuçayişi mumkinligi, koronar qon oqimi yomon bölgan odamlar parvozdan özini tiygani ma’qulligi haqida xabar berilgan edi.












