Qozoğiston 2023 yil oxirida Özbekistonga kömir yetkazib beriş hajmini deyarli ikki barobar oşirdi. Bu haqda «Qozoğiston temiryöllari» matbuot xizmati ma’lum qildi.

2023 yilda Qozoğistondan Özbekistonga temiryöl orqali yuk eksporti hajmi 29 foizga oşib, 10 mln tonnani taşkil etdi. Asosiy eksport mahsuloti don bölib, uning yetkazib beriş hajmi 3,5 mln tonnani taşkil etdi.

Qozoğiston kömirining Özbekiston bozoriga eksporti yil davomida 82,3 foizga yoki 1,4 mln tonnaga oşib, 3 mln tonnani taşkil etdi.

Temiryöl orqali neft mahsulotlari, qora metallar, kimyoviy moddalar va mineral öğitlar yetkazib beriş amalga oşirildi.

Avvalroq Qozoğiston sanoat va infratuzilmani rivojlantiriş vaziri örinbosari Iran Şarxan Özbekistonga kömir yoqilğisi eksportini bosqiçma-bosqiç 25 barobardan köproq, ya’ni 12,8 mln tonnagaça oşiriş rejalarini ma’lum qildi.

2023 yilning dastlabki tört oyida Qozoğistondan Özbekistonga kömir yetkazib beriş qariyb uç barobarga oşib, 255,3 ming tonnani taşkil etdi.