“Jamoat xavfsizligini ta’minlaş va jinoyatçilikka qarşi kuraşiş sohasini ilmiy tadqiq qiliş faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqiçga kötariş çora-tadbirlari töğrisida”gi prezident farmoni qabul qilindi.

Farmon bilan Özbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti taşkil etildi. 

Institut kriminologik faoliyatni ilmiy va ekspertlik jihatdan ta’minlaşga ixtisoslaşgan, Içki işlar vazirligi taşkiliy tuzilmasiga kiruvçi, yuridik şaxs maqomiga ega, respublika ilmiy-tadqiqot muassasasi hisoblanadi.

Institut rahbari Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi. 

Institut, jumladan:

  • respublikadagi kriminogen vaziyatga oid çuqur tadqiqotlarni amalga oşiradi, jinoyatçilik tendensiyalarini tizimli ravişda tahlil va prognoz qiladi;
  • jamoatçilik örtasida şov-şuvga sabab bölgan jinoyatlarning omillarini aniqlab, ularni bartaraf etiş çoralarini işlab çiqişda suriştiruv va dastlabki tergov organlariga uslubiy kömaklaşadi;
  • kriminologiya sohasi böyiça mustaqil izlanuvçilik şaklida oliy malakali ilmiy kadrlarni tayyorlaydi.

Institut öz vazifalarini har qanday davlat organlari, jamoat birlaşmalari hamda mansabdor şaxslardan mustaqil ravişda amalga oşiradi, uning faoliyatiga tösqinlik qiliş, tadqiqot hisobotidagi ma’lumotlarni özgartirişi uçun ta’sir körsatiş taqiqlanadi.