A-50 samolyoti urib tuşirilgani haqida avvaliga 14 yanvar kuni ukrainalik, köp ötmay rossiyalik blogerlar yozib çiqişdi. Keyingi kuni ertalab Ukraina qurolli kuçlari boş qömondoni Valeriy Zalujniy bu haqda rasman ma’lumot berdi. Qömondon ruslarning Il-22M uçoği ham yöq qilingani haqida aytgandi, ammo köp ötmay samolyot Anapa aeroportiga qönişga muvaffaq bölgani tasvirlangan suratlar tarqaldi.

Kadrlarda Il-22M uçişga imkon bermaydigan darajada zararlanganini köriş mumkin. Keyinroq Ukraina qurolli kuçlari rasmiy vakili Yuriy Ignat ham samolyot jiddiy zarar körganiga qaramay, uçuvçilar uni qöndira olganini tasdiqladi.

A-50 halokati haqida bir qator ukrainalik rasmiylar, şuningdek, Rossiya harbiy aviatsiyasiga aloqador odamlar xabar berdi. Rossiya mudofaa vazirligi öz yöqotişlarini doim ham tan olavermaydi. Ayrim hollardagina biroz vaqt ötgaç ba’zi yöqotişlar haqida xabar beriladi. BBC tahliliga köra, Il-22M samolyoti zarar körgan holatda bölsa-da, yerga qöngani tasvirlari tarqalgani hisobga olinsa, A-50 çindan yöq qilingan degan xulosaga keliş mumkin. Agar bu uçoq «omon bölganida» uning ham surati qayerdadir paydo bölardi.

Kim otdi?

Samolyotlardan biri qanday yöq qilingani va ikkinçisiga qanday zarar yetkazilgani haqida aniq ma’lumot yöq. Tarmoqning rusça segmentida tarqalgan versiyalardan biriga köra, Il-22M samolyoti Qrimga ötadigan Kerç köprigini himoya qilayotgan havo hujumidan mudofaa tizimi öqidan zarar körgan.

Valeriy Zalujniy esa samolyotlarga hujumni maxsus operatsiya deb atadi. Bundan uçoqlar Ukraina hujumiga uçraganini biliş mumkin. Şunday bölsa-da, ukrainlar qömondoni operatsiya qay yösinda amalga oşirilganini aytmagan.

Ukraina QK rasmiy vakili Yuriy Ignatga köra, asosiy nişon A-50 bölgan, Il-22M esa şunçaki hujum ostida qolgan. Zalujniy öz telegram-kanalida bu ikki samolyotning trayektoriyalari aks etgan grafik video e’lon qildi. Unda samolyotlar radardan yöqolib qolganini köriş mumkin. Grafikaga köra, uçoqlar Azov dengizi şimoli-ğarbiy qismida, Primorsk rayoni hududida navbatçilik qilayotgan bölgan.

A-50 MAKS aviasalonida

Ukrainlarning «Suspilne» naşri esa Il-22M Xersondagi Strelkova rayoni hududida, A-50 Zaporijjyadagi Kirillovka qişloği hududida bölganini yozgan. Har ikki hudud ham Qrim köprigidan 130-140 km, front çiziğidan taxminan 160 km uzoqlikda joylaşgan. Rossiyaning S-400 tipidagi zenit raketa komlekslari bunday masofadagi nişonlarni Qrim köprigidan turib yöq qila oladi. Ammo rossiyalik operatorlar A-50 kabi gigant samolyotni va Il-22M uçoğini ukrainlar samolyoti bilan adaştirib yuborişi qiyin masala. Şunday ekan, samolyotlar ruslar tomonidan yangliş hujumga uçragani haqida xabarlarga işoniş qiyin.