— “Paxtakor”ni sotiş, va umuman boşqa köplab xususiylaştiriş jarayonlari nima sababdan oçiq auksion emas, eng yaxşi takliflarni tanlab oliş yöli bilan ötkazilmoqda?
— “Paxtakor” klubi hozirgi kunda 100 foiz Toşkent şahar hokimligi ta’sisçiligidagi munitsipial mulk hisoblanadi, ya’ni 100 foiz davlat tasarrufida. Osiyo futbol konfederatsiyasining futbol klublariga qöygan talablari bor. Ulardan biri – bitta davlat taşkiloti birdan ortiq futbol klubiga ta’sisçi bölişi mumkin emas. Çunki bu raqobat muhitiga ta’sir qiladi, kelişilgan öyinlar bölişiga olib kelişi mumkin, degan tavsiya va talablari bor. Bizda esa qariyb hamma futbol klublarimiz yo davlat, yo davlat iştirokidagi korxonalar tasarrufida. Ya’ni hamma futbol klublarining ta’sisçisi davlat bölib qolyapti.
Şuning uçun bu sohada raqobat muhitini şakllantiriş, bosqiçma-bosqiç xususiy sektorni jalb qiliş maqsadida tegişli xususiylaştiriş dasturlariga asosan barça futbol klublarini bosqiçma-bosqiç xususiy sektorga beriş rejalaştirilgan. Jahon tajribasiga qaraydigan bölsak, eng ilğor futbol klublari ham xususiy hisoblanadi. Ularning stadionlari ham öz balanslarida turadi. Angliyani oladigan bölsak, hamma bilgan “Mançester Yunayted”, “Arsenal” yoki Germaniyadagi “Bavariya”, Italiyadagi “Milan” klublarining hammasida stadionlar şu klublarning egaligida. Futbol klublarining rivojlanişida ularning moddiy-texnik bazasi mustahkam bölişi uçun bu muhim ahamiyatga ega.
“Paxtakor” klubi yirik aktiv bölgani uçun, uning sohasi öziga xos bölgani uçun oçiq auksion emas, alohida şartlar va mezonlar belgilangan holda eng yaxşi taklifni tanlab oliş uslubi tanlangan. Xaridorga keyinçalik uşbu klubning faoliyatini rivojlantiriş, xalqaro darajaga kötariş, uning balansidagi stadion va boşqa sport inşootlarining hammasini faqatgina sport musobaqalari va sport bilan boğliq bölgan maqsadlar uçun foydalaniş talabi qöyilyapti. Şu bilan birga, klub qoşidagi futbol akademiyasi faoliyatini saqlab qolib, uni ham rivojlantiriş talabi ham bor.
Ertaga xaridor tomonidan bu talablar albatta bajarilişi kerak. Bajarmaslik şartnomaning bekor bölişiga sabab böladi.
Xaridorni tanlab olişda şu sohani rivojlantiriş böyiça potensiali baholanadi. Tanlov iştirokçilarining haqiqatan ham ertaga uşbu futbol klubini rivojlantiriş salohiyatiga ega böladimi-yöqmi, körib çiqiladi. U belgilangan mezonlarga amal qiliş kerak. Jamoatçilik xavfsirayotgan oqibatlarga olib kelmasligi kerak.
















