Ofşorlardagi kompaniyalar va xitoylik investorlarning Özbekistondagi sement zavodlari mamlakat ekologiyasiga va aholi salomatligiga jiddiy tahdid solayotgani – oxirgi vaqtlarda jamoatçilik muhokamasida bölib turgan mavzulardan biri edi. Bugun, 18 yanvar kungi selektorda prezident Şavkat Mirziyoyev ham bu masalaga töxtalib, sement işlab çiqaruvçi korxonalarni yanada köpaytirişni taklif qilayotgan mutasaddilarni tanqid qildi.

Davlat rahbarining sözlariga köra, Özbekistonda hozir mavjud sement işlab çiqariş zavodlarining quvvatlari içki ehtiyojni ortiği bilan qondira oladi.

“Lekin, mutasaddilar sementdan yuqori qöşilgan qiymatli mahsulotlarni köpaytiriş, ekologiyaga zararli ta’sirni kamaytiruvçi texnologiyalarni joriy qiliş örniga yana 22 ta sement zavodi quriş taklifini berayotgani ajablanarli”, – dedi Şavkat Mirziyoyev.

3-4 ta yoki 5-6 ta emas, naq 22 ta sement zavodi qurişni taklif qilayotganlar kimlar ekani noma’lum. Yiğilişda bunday fikrni berayotgan rasmiy şaxslar kimligi oçiqlanmadi. Lekin boşqa masalalar yuzasidan ba’zi mansabdorlarning ismlari yangradi: ularning ayrimlari işdan olingan bölsa, ayrimlariga sinov muddati berildi.

Xususan, investitsiyalar va eksportga oid masalalarga bağişlangan yiğilişda boş vazirning bu yönalişdagi örinbosari Jamşid Xöjayevga ogohlantiriş berildi. U eksportni köpaytirişga doir bir qator masalalar yuzasidan 2,5 oy içida özgariş qilmasa, egallab turgan lavozimiga loyiqmi-yöqmi degan masala körib çiqiladi.

Prezident ikki nafar vazirga ogohlantiriş berdi. Transport vaziri Ilhom Mahkamov Özbekiston mahsulotlarini taşqi bozorlarga yetkazişdagi muammolarni hal etiş bilan yetarliça şuğullanmayotgani uçun ogohlantiriş oldi. Adliya vaziri Akbar Toşqulov esa texnik jihatdan tartibga solişga oid barça huquqiy jarayonlarni talab darajasiga keltiriş uçun mas’ul deb belgilandi. Agar u 2 oyda sohani tartibga solmasa, vazir lavozimidan ozod etilib, Texnik tartibga soliş agentligi direktori lavozimiga tuşirilişi haqida ogohlantirildi. Şuningdek, bu agentlik Investitsiyalar vazirligi tarkibidan çiqarilib, Vazirlar Mahkamasi huzuriga qaytariladigan böldi.

Yiğilişda uç nafar mansabdor işdan olindi. Investitsiyalar va taşqi savdo vaziri örinbosari