20 yanvar kuni soat 17:00 atrofida Uralsk — Atirau trassasining Akjayik rayonidan ötgan qismida YTH röy bergan. Özbekistonning 41 yoşli fuqarosi boşqaruvidagi Mazda CX-7 Samal posyolkasi hududida qarama-qarşi yönalişga çiqib ketib, yuk maşinasiga töqnaşgan.

«YTH oqibatida Mazda CX-7 avtomaşinasi haydovçisi va yana ikki yölovçi, 1984 yilda tuğilgan ayol hamda 2012 yilda tuğilgan bola voqea joyida vafot etgan. Ularning barçasi bir oila a’zolari bölişgan», deya Ğarbiy Qozoğiston oblasti politsiya departamenti ma’lumotini keltirgan Orda.kz.

Yengil maşinada bölgan tört kişidan faqat 14 yoşli ösmir omon qolgan. U ayni vaqtda şifoxonaga yotqizilgan.

Maşinadagilarning barçasi Özbekiston fuqarolari bölişgan. Holat yuzasidan tekşiruv boşlangan.

Şuningdek, Qozoğiston ğarbida avtohalokatda özbekistonlik ayol vafot etdi.

Avtohalokat «Atirau — Astraxan» trassasida 20 yanvar kuni keçga yaqin sodir bölgan. 31 yoşli özbekistonlik haydovçi Chevrolet Cobalt maşinasida boşqaruvni yöqotib, Mercedes Benz Actros yuk maşinasiga töqnaşgan.

YTH natijasida 41 yoşli ayol vafot etgan. Yana ikki yölovçiga tez yordam körsatilgan.

  • 11 yanvarga ötar keçasi Rossiyaning Penza oblastida Özbekiston fuqarosi boşqaruvidagi JAC miniveni boşqaruvni yöqotib, qarama-qarşi yönalişdagi yuk maşinasiga töqnaşişi oqibatida sakkiz nafar özbekistonlik halok bölib, yana bir kişi jarohatlangandi.
  • 16 yanvar kuni Rossiyaning Samara oblasti Stavropol rayonida ham Özbekiston fuqarolari ölimiga sabab bölgan YTH röy berdi, bu holatda özbekistonlik haydovçi boşqaruvidagi Lada Largus qarama-qarşi yönalişga çiqib ketib, «Gazel» yuk maşinasi bilan töqnaşgan, natijada yengil maşinadagi uç kişi halok bölib, tört yölovçi şifoxonaga yotqizilgandi