16 yanvar kuni Rossiyaning Samara oblasti Stavropol rayonida insonlar ölimiga sabab bölgan yöl-transport hodisasi röy berdi, deb xabar bergan region prokuraturasi.

M-5 «Ural» trassasida Özbekistonning Qaşqadaryo viloyati davlat raqami belgisi bölgan Lada Largus va «Gazel» yuk maşinasi özaro töqnaşgan.

Largus avtomobilida jami yetti kişi bölgan. «Samara onlayn» portali öz manbasiga tayanib yozişiça, ularning barçasi — Özbekiston fuqarolaridir. YTH oqibatida uç kişi halok bölib, tört yölovçi şifoxonaga yotqizilgan. Rossiya huquq-tartibot organlari hozirça halok bölganlar va jabrlanganlar Özbekiston fuqarolari ekani haqida rasman ma’lumot bermadi.

Dastlabki ma’lumotlarga köra, Largus haydovçsi boşqaruvni yöqotgan va qarama-qarşi yönalişga çiqib ketib, «Gazel» bilan töqnaşgan. Prokuratura trassaning mazkur uçastkasidagi yöl qoplamasi holatini ham örganmoqda.

  • Eslatib ötamiz, 11 yanvar kuni ham Rossiyaning Penza oblastida içida Özbekiston fuqarolari bölgan JAC miniveni qarama-qarşi yönalişga çiqib ketib, Volvo rusumli yuk maşinasiga urilgandi. YTH oqibatida minivendagi yetti kişi, jumladan haydovçi voqea halok bölgan, şifoxonada yana bir kişining joni uzilgandi. Jarohatlangan yana bir kişi şifoxonada qolmoqda. Qurbonlarning jasadlari ötgan haftaning şanba kuni Özbekiston mudofaa vazirligi harbiy-transport samolyoti orqali vatanga qaytarilgandi.