Toşkent viloyatining Oqqörğon tumanida ikki erkak “jin çiqariş” paytida 1981 yilda tuğilgan ayolni öldirib qöydi. Voqea 2023 yilning iyul oyida sodir bölgan.

Bu holat 2023 yilning 22 dekabr kuni jinoyat işlari böyiça Oqqörğon tuman sudida körib çiqilgan.

Sud hukmida keltirilişiça, ayblanuvçi 35 yoşli Rahim Boltaboyev hamda 44 yoşli Yusuf Töraxöjayev 2023 yilning 16 iyul kunidan 20 iyul kunigaça aldaş yöli bilan özganing mulkini qölga kiritiş maqsadida jinoiy til biriktirgan. Ikki erkak Oqqörğon tumanining Qahramon mahallasida yaşovçi 42 yoşli ayolning uyiga borib, uni içiga “jin kirib qolgani”ga işontirişgan. Söngra “jinni çiqariş” uçun “dam solib”, muolaja ötkaziş kerakligini aytişgan.

Erkaklar 1 mln söm evaziga “jinni çiqarib” berişni aytib, har kuni soat 5:00 larda ayolning uyiga borgan va bir soat davomida göyoki “jin çiqariş” bilan şuğullanişgan. “Muolaja” paytida ular özlari bilan olib kelgan bolğa, temir qoziq, temir zanjir kabi buyumlar bilan ayolning kökrak qafasi, qorin qismi, ikkala qöl va oyoq sohalariga kuç işlatişgan. Bu orqali ayolga uning ölimiga sababçi bölgan oğir tan jarohati yetkazişgan. Jarohatlar oqibatida ayol 2023 yil 20 iyul kuni özining yaşaş xonadonida vafot etgan.

Sud-tibbiy ekspertizasi xulosasiga köra, ayolda “kŭkrak yëpiq jarohati, çap tomonlama 2 va 3 qovurğasining ŭmroq ŭrta çiziği bŭĭlab sinib, siljişi, qorin yëpiq jarohati, 2 ta buĭrak, oşqozon, içak va qorin devorlariga qon quĭilishi, kŭndalang çambar içak ĭirtilishi, içki qon ketişi, gemoperitoneum, postgemorragik va postravmatik şok, pastki lab çap tomonidagi, engak soxasi ŭng tomonidagi, kŭkrak qafasi old yuzasi tŭsh ustki sohasidagi, çap yelka kamari old yuzasidagi, qorin old devori oqçiziği bŭĭlab kindik ustidagi, çap son içki yuzasidagi çap boldir oldingi va orqa yuzalaridagi, ŭng boldir old va orqa yuzasidagi, ŭng va çap taşqi yuzasidagi tan jarohat”lari aniqlangan.

Ayblanuvçi Rahim Boltaboyev va Yusuf Töraxöjayev Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) 2-qismi “b” bandi va 102-moddasi (ehtiyotsizlik orqasida odam öldiriş) 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilgan.

Sud hukmi bilan Rahim Boltaboyevga 3 yil, Yusuf Töraxöjayevga 2 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan. Jazoni manzil-koloniyalarda ötaş belgilangan.