Havo ifloslanişi va aholi salomatligi bilan boğliq inqirozdan çiqiş: Yaponiya tajribasi
|02:53 / 25.01.202438 94321 min
Ekologik standartlarga amal qiliş böyiça eng ilğor davlatlardan biri hisoblanuvçi Yaponiya öz tarixida (tezkor sanoatlaşuv yillarida) havo ifloslanişi bilan boğliq kasalliklar avj olişining törtta tölqinini boşdan keçirgan. Bu mavzuda Yaponiyada tadqiqot olib borgan Bobur Turdiyev Kun.uz'ga taqdim etgan maqolasida kunçiqar yurt tajribasi haqida söz yuritib, Özbekiston uçun tavsiyalarni sanab ötadi.
Foto: Getty ImagesFoto: Getty Images
Bugun global isiş va iqlim özgarişi xalqaro darajadagi dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Afsuski, bu muammo köpçilik davlatlar qatori Özbekistonni ham çetlab ötayotgani yöq. Özbekistondagi ekologik holatning naqadar jiddiy ekanini Toşkent şahri havosining ifloslanib borayotgani, xalqaro reyting va indikatorlardan ham köriş mumkin.
Xususan, 2022 yilgi Ekologik samaradorlik indeksiga köra, Özbekiston umumiy 38,2 ball bilan 107-örinni band etgan bölsa, havo ifloslanişi böyiça 16,7 ball bilan 167-örinni egallagan. Xuddi şunday, 2022 yilgi Jahon havo sifati hisobotiga köra, Özbekiston havosi eng ifloslangan 20 ta davlatdan biri hisoblanib, havodagi qum-çang zarraçalari Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti me’yorlaridan örtaça 6,7 baravar yuqori hisoblanadi.
Afsuski, havo sifati körsatkiçlarini onlayn uzatuvçi stansiyalar asosan Toşkent şahrida (8 ta) joylaşgan bölib, bu butun Özbekiston böylab umumiy ekologik holatni baholaş imkonini bermaydi. Jumladan, IQAir ma’lumotlariga köra, Termiz şahrida havo ifloslanişi darajasi Toşkent şahridan qolişmaydi va ba’zi hollarda undan ham yuqoriroq. Şunçaki ma’lumot uçun, qöşni Qirğizistonning Bişkek şahrida havo sifatini ölçovçi stansiyalar soni 50 ga yaqinni taşkil etib, boşqa kiçik şaharlarda ham 2-3 tadan stansiyalar mavjud.
Holbuki, Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 31 maydagi PF-81-son farmoniga muvofiq, 2023 yilning 1 dekabriga qadar tuman (şaharlar)da atmosfera havosi ifloslanişi fon monitoringini amalga oşiriş uçun jami 347 ta avtomatlaşgan stansiyalar xarid qiliş va örnatiş belgilangan bölib, mazkur qaror ijrosi muddati hozirda 2024 yil 1 oktyabrga özgartirilgan.
E’tiborlisi, atrof-muhit ifloslanişi va uning natijasida yuzaga keladigan tabiiy omillar nafaqat iqtisodiy va ijtimoiy oqibatlarga, balki fuqarolar soğligiga ham salbiy ta’sir qiladi. Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti ma’lumotlariga köra, ekologik omillardan har yili 13 mln kişi halok bölib, şundan 6,5 mln ölim havo ifloslanişi oqibatida yuz beradi. Bunda 90 foiz ölim körsatkiçlari rivojlanayotgan davlatlar hissasiga töğri keladi.
Özbekiston rasmiylariga köra, qurilişdagi xaos, maşinadan çiqayotgan zaharlar, rivojlanmagan jamoat transporti, infratuzilma yöqligi, sanoat çiqindilari, kömir va mazutdan foydalanişning ortgani Toşkent şahri havosini ifloslantiruvçi asosiy omillar hisoblanadi.
Mavzuga oid
Ekologiya ifloslanişi va aholi salomatligi bilan boğliq inqiroz (Yaponiya misolida)
Havo ifloslanişi va u bilan boğliq ekologik inqiroz iqtisodiy rivojlaniş pallasida bölgan rivojlanayotgan davlatlarda tez-tez kuzatiladi. Ayrim davlatlar bu jarayondan tezroq va oqilona qarorlar hisobiga muvaffaqiyatli ötib olgan bölsa, ayrim davlatlarda mazkur inqirozli holat yanada murakkablaşganini köriş mumkin.
Xususan, Osiyoda ekologik holati barqaror va yuqori ekologik standartlarni joriy etiş böyiça Yaponiya yetakçi hisoblanadi. Afsuski, bunday natijaga erişiş uçun mamlakat atrof-muhit ifloslanişi natijasida yuzaga kelgan kasalliklar (minamata, astma, va itai-itai kasalligi) va jamoat soğliği bilan boğliq törtta jiddiy inqirozlarni boşidan ötkazişiga töğri kelgan. Ulardan uçtasi 1950-60 yillardagi yuqori iqtisodiy ösiş va sanoatlaşiş davriga töğri keladi.
Jumladan, Yaponiyaning Miye prefekturasidagi Yokkaiçi porti atrofida joylaşgan uruşdan keyin xaroba bölib yotgan sobiq harbiy yoqilği ombori hududida 1955 yilda neft-kimyo majmuasi quriş loyihasi tasdiqlanadi. 1959 yildan töliq işga tuşgan majmua tomonidan atmosferaga çiqarilgan taşlanmalar tufayli hududdagi havo yuqori darajada ifloslana boşlaydi.
Mahalliy aholi tomonidan neft-kimyo korxonalaridan çiqayotgan zaharli gaz, tutun, şovqin va kölansa hidlardan şikoyatlar köpayadi. 1961 yil örtalariga kelib aholi, ayniqsa 10 yoşgaça bolalar va qariyalar orasida astma kasalligiga çaliniş holatlari jiddiy oşadi, nafas oliş yöllari bilan boğliq turli kasalliklar köpayadi.
Bundan taşqari, majmua dengiz körfazida joylaşgani va çiqindi suvlar yetarli işlov berilmay dengizga quyulgani sababli, suv manbalari ham ifloslanib, bir neça kilometr radiusdagi dengizdagi baliqlar ta’mi özgarib, baliq soni va sifati pasayib ketadi. Mazkur huddudda ovlangan baliqlar ifloslangani, hidi borligi sababli bozorda qöşimça tekşiruvlarga, baliqçilar daromadi tuşib ketişiga va ularning işsizligiga olib keladi hamda jiddiy noroziliklarga sabab böladi.
1963 yilda uşbu hududda ikkinçi neft-kimyo majmuasi işga tuşiriladi. Bu paytga kelib ekologik ifloslaniş qöşni tuman va hududlarga ham yoyila boşlaydi hamda bu inqiroz tarixda “Yokkaiçi astma” yoki “Yokkaiçi ifloslanişi” nomlari bilan qoladi. Ifloslaniş darajasini pasaytiriş uçun korxonalar tomonidan 1965 yilda atmosferaga çiqariladigan taşlanmalar minoralari balandligi oşiriladi. Bu çora bevosita yondoş hududlarga yetkaziladigan zarar kölamini kamaytirgan bölsa-da, umumiy holda ifloslaniş hududi yanada kengayişiga olib keladi.
Ekologik inqirozdan aholi salomatligi bilan boğliq inqiroz sari
Iqtisodiy ösişga ustuvorlik berilgani, davlat va mahalliy hokimiyat idoralari tomonidan işlab çiqaruvçi kompaniyalarga nisbatan yon bosilgani sababli, havo ifloslanişi va uning natijasida aholi salomatligi yomonlaşuvi bevosita boğliqligi rad etiladi. Aholi salomatligi yomonlaşuviga qaramay, hududdagi neft-kimyo korxonalari va hokimiyat idoralari tomonidan havo ifloslanişini kamaytiriş yuzasidan yetarli darajada amaliy çoralar körilmaydi.
Ifloslangan havodan zararlaniş darajasini kamaytiriş uçun şifokorlar tavsiyasi bilan aholi, ayniqsa bolalar uçun 1960-yillar örtalarida maktablarda kunida 5-6 martadan oğiz çayqaş, maska taqiş tartibi joriy etiladi hamda maktablarda havoni tozalovçi moslamalar örnatiladi.
Lekin körilgan çoralarga qaramay vaziyat yaxşilanmaydi. Havo ifloslanişi bilan boğliq ekologik inqiroz ayniqsa bolalar salomatligiga jiddiy zarar yetkazib, kasal bölgan bemorlarning 50 foizga yaqinini bolalar taşkil etadi. Natijada, mazkur hududda bolalar ölimi körsatkiçlari örtaça umummilliy körsatkiçlarga (18,1) nisbatan ikki baravar yuqoriga kötarilib, har ming nafarga 36,1 nafarni taşkil etadi. Şuningdek, aholining örtaça umr davomiyligi qisqarib, hududda yaşovçilar orasida xronik bronxit, bronxial astma bilan böğliq ölim körsatkiçlari soni oşadi.
Jumladan, havo ifloslanişi natijasida Naoko Tanida ismli qizaloq 2-sinfda öqiyotganida astma kasalligiga çalinadi. Keyinçalik şifokorlar tavsiyasi bilan qizaloqning oilasi boşqa hududga köçib ötadi. Biroq, körilgan çoralarga qaramay, soğliğiga jiddiy putur yetgan qizaloq astma xuruji natijasida 9 yoşida (1972 yil sentabrda) bevaqt hayotdan köz yumadi.
Qizaloqning onasi Teruko Tanida mana ön yildirki mazkur fojia bilan boğliq xotiralarini yoşlarning ekologik xabardorligi va mas’uliyatini oşiriş maqsadida hikoya qilib keladi. “Atrof-muhit ifloslanişi juda jiddiy oqibatlarga, bolalar ölimiga olib keladi. Biz uşbu fojyeadan töğri xulosa çiqarişimiz, iqtisodiy ösiş uçun farzandlarimiz va boşqa insonlar hayotini qurbonlik qilmasligimiz zarur”, deya ta’kidlaydi u.
Namoyişlar, mahalliy aholining noroziligi va qarşiligi heç qanday samara bermagaç, bir guruh jamoatçilik faollari tomonidan aybdor kompaniyalarga qonuniy çora köriş maqsadida huquqiy mexanizmlarga murojaat qilinadi. Garçi jabrlanuvçilar soni köp bölsa-da, faqat 9 nafar fuqarogina sudda da’vogar sifatida qatnaşişga rozi böladi.
Şunday qilib, 1967 yili da’vogar fuqarolar tomonidan ekologiya ifloslanişiga sababçi bölgan 6 ta javobgar kompaniyaga nisbatan yetkazilgan zararni qoplaş va atrof-muhitga zararli ta’sirni kamaytiriş böyiça zarur çoralarni köriş uçun sudga da’vo arizasi kiritiladi. Suddagi asosiy munozara jabrlanuvçilar soğliğiga yetkazilgan zarar bilan neft-kimyo korxonalaridan atmosferaga çiqayotgan zaharli havo (tutun) örtasida boğliqlik bormi yoki yöqmi degan savol atrofida keçadi.
5 yil davom etgan va OAV tomonidan keng yoritib borilgan sud jarayoni nihoyat 1972 yilda da’vogarlarning ğalabasi bilan yakunlanadi. Afsus, bu paytga kelib eng yoş hisoblangan da’vogar jabrlanuvçi vafot etgan edi. Sud qarori jabrlanuvçilarga nafaqat zararni qoplaş imkonini beradi, balki kompaniyalar va ularga yon bosgan markaziy va mahalliy hokimiyat bilan kelgusidagi çoralar yuzasidan muzokaralar olib boriş, davlatning ekologik siyosati va standartlarini qaytadan körib çiqiş, ekologiya qonunçiligini takomillaştirişda tub buriliş yuz berişiga olib keladi.
Sud öz qarorida “kompaniyalar iqtisodiy samaradorlik va foyda olişga ustuvorlik berişdan voz keçişi, atrof-muhit ifloslanişining oldini oliş böyiça barça çoralarni körişi, bunda dunyodagi eng ilğor texnologiya va bilimlarni qöllaşi kerakligi”ni qayd etadi. Sud, şuningdek, milliy hukumat va mahalliy hokimiyat idoralari kompaniyalarni atrof-muhitga ta’sirini yetarliça baholamay turib hududga jalb etgani uçun mas’uliyat ularning böynida ekanini körsatib ötadi.
Şuningdek, bu suddagi ğalaba Yaponiyaning boşqa hududlarida ham ekologiya ifloslanişi bilan boğliq jamoat manfaatlari uçun da’vo arizalarini qözğatişga turtki beradi va yapon kompaniyalarining ekologik mas’uliyati oşişiga xizmat qiladi.
Ekologik va aholi salomatligi bilan boğliq bu inqirozdan keçikib bölsa-da yapon hukumati töğri xulosa çiqaradi. Birinçi navbatda ekologiya sohasidagi qonunçilik takomillaştirilib, sohani tartibga soluvçi bir qator yangi qonunlar qabul qilinadi. 1963 yilda “Tutunlarni nazorat qiliş töğrisida”, 1966 yilda “Suv sifatini nazorat qiliş töğrisida”, “Sanoat suyuq çiqindilarini nazorat qiliş töğrisida”, 1967 yil “Atrof-muhit ifloslanişini nazorat qiliş töğrisida”, 1968 yil “Havo ifloslanişini nazorat qiliş töğrisida”, 1973 yil “Atrof-muhit ifloslanişi natijasida aholi soğliğiga yetkazilgan ziyonni kompensatsiya qiliş töğrisida”gi qonunlar qabul qilinadi.
1971 yilda Miye prefekturasi tomonidan havo ifloslanişining oldini oliş, atmosferaga taşlanmalar miqdori böyiça çeklovlar örnatiş va taşlanmalar miqdorini keskin qisqartiriş böyiça 5 yil muddatga erişilişi lozim bölgan maqsadli körsatkiçlar joriy etiladi hamda belgilangan körsatkiçlarga muddatidan bir yil avval erişiladi.
Havo ifloslanişi darajasini monitoring qiliş maqsadida 1960 yil oxiridan boşlab havodagi oltingugurt oksidi va tuşadigan çang miqdori ölçana boşlaydi, 1962 yil yakunlarida havo sifatini avtomatik ölçaydigan uskuna örnatiladi. 1966-69 yillarda 28 gektar maydonda şaharning Markaziy yaşil boği barpo etiladi. 1967 yil Miye prefekturasining atrof-muhit ifloslanişi ahvolini doimiy örganiş va tadqiqot qiliş uçun Atrof-muhit ifloslanişi markazi taşkil etilgan bölsa, 1971 yilga kelib Yaponiya Ekologiya vazirligi taşkil etiladi.
Öz navbatida kompaniyalar tomonidan ham atmosferaga taşlanmalar va çiqindi suvlarni tozalaş va zararsizlantirişga qaratilgan çora tadbirlar (filtrlar örnatiş, bir neça bosqiçli tozalaş texnologiyalari joriy etiş) amalga oşiriladi. 1969 yilda neft-kimyo korxonalari va şahar hokimligi örtasida atrof-muhit ifloslanişining oldini oliş böyiça şartnoma imzolanib, ifloslantiriş şaroitida korxonalar faoliyatini töxtatib turiş, şahar hokimiyatining ahvolni joyiga çiqib tekşiriş vakolatlari belgilanadi. Şartnoma şartlariga rioya etilişi ustidan jamoatçilik nazoratini amalga oşiriş uçun mahalliy aholi vakillaridan iborat qöşma kengaş taşkil etiladi.
Öşa paytda davolaniş va salomatligini tiklaş bilan boğliq xarajatlar töliq fuqarolarning öz mablağlari hisobidan qoplanişi va tibbiy suğurta tizimi orqali qamrab olinmagani aholi uçun jiddiy iqtisodiy qiyinçiliklarni keltirib çiqarayotgan edi. Şu sababli 1965 yilda Yokkaiçidagi mahalliy hokimiyat tomonidan Yaponiyada ilk marotaba havo ifloslanişidan jabr körayotgan fuqarolarning tibbiy xarajatlarini davlat tomonidan qoplaş tizimi joriy etiladi.
1990 yilda şahar hokimligi tomonidan atrof-muhit ifloslanişini oldini olişga qaratilgan texnologiyalarni boşqa rivojlanayotgan davlatlar ham foydalanişi uçun Ekologik texnologiyalar transferi markazi taşkil etiladi. 2015 yilda Yokkaiçi ifloslanişi va kelajak avlodlardagi xabardorlikni oşiriş böyiça ekologiya muzeyi taşkil etiladi.
Körilgan çora-tadbirlar natijasida atrof-muhit ifloslanişi va aholi salomatligi bilan boğliq yuzaga kelgan inqirozli holat töliq bartaraf etiladi.
Bugungi kunda Yaponiyada, xususan Yokkaiçi şahrida ekologik holat ança barqaror va atrof-muhit tozaligi böyiça yuqori natijalar qayd etib kelinmoqda.
Ekologik samaradorlik indeksiga köra, Yaponiya umumiy 57,2 ball bilan 25-örinni band etgan bölsa, havo tozaligi böyiça 78,9 ball bilan dunyo mamlakatlari içida 13-örinni band etgan.
Ma’lumotlarga köra, yapon kompaniyalarining 76 foizi iqlim özgarişini jiddiy masala ekanini qayd etib, issiqxona gazlarini kamaytiriş uçun 85 foiz holatda energiyani tejaş, 68 foiz holatda ekologik toza tovar va xizmatlardan foydalaniş, 55 foiz holatda qayta tiklanuvçi energiya manbalariga ötiş va 51 foiz holatda işlab çiqariş jarayonini optimallaştiriş orqali erişib kelmoqda.
Xulosa
Ming afsus, rivojlangan davlatlar bosib ötgan va jiddiy oqibatlarga olib kelgan ekologik inqirozlardan doim ham töğri xulosa çiqarilmayapti, ular qilgan xatolarni rivojlaniş bosqiçida turgan davlatlar ham takrorlamoqda. Zero, iqtisodiy ösişga erişiş uçun boy berilgan va ekologiya yetkazilgan zararning örnini kelajakda örnini qoplaş imkoniyati yöq yoki bölgan taqdirda ham uning qiymati erişilgan iqtisodiy qiymatdan bir neça karra qimmatga tuşadi.
E’tiborlisi, Yaponiyada yuzaga kelgan inqirozni qisqa muddatda bartaraf etişga erişilgan bölsa-da, hozirgi iqlim özgarişi va global isiş şaroitida atrof-muhitga yetkazilgan zarar örnini qoplaş hamda uni tiklaş yanada murakkab va tobora qiyinlaşib bormoqda.
Bunda eng asosiysi iqtisodiy rivojlaniş, ekologik barqarorlik va insonning munosib yaşaşga bölgan huquqlari örtasida muvozanatga erişiş hisoblanadi. Zero, qaysidir biriga ustuvorlik beriş boşqasining halokati va inqirozi bilan yakun topadi. Dastlab 1992-yilda qabul qilingan Rio deklaratsiyasida öz ifodasini topgan mazkur barqaror rivojlaniş tamoyillari hayot uçun qulay tabiiy muhitga ega böliş, iqtisodiy ösiş va atrof-muhitni muhofaza qiliş ajralmas ekanligi va ular örtasida muvozanatni ta’minlaş kerakligini mustahkamlab qöygan.
2023 yilda umumxalq muhokamasi orqali qabul qilingan yangi tahrirdagi Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining muqaddimasida mamlakatimizning bebaho tabiiy boyliklarini hozirgi va kelajak avlodlar uçun asrab-avaylaşga hamda atrof-muhit musaffoligini saqlaşga intilişi qayd etilgan. Konstitutsiyaning 49-moddasida har kim qulay atrof-muhitga, uning holati töğrisidagi işonçli axborotga ega böliş huquqiga egaligi mustahkamlangan.
Biroq, sönggi vaqtlarda Toşkent şahrida havo ifloslanişi darajasi yuqoriligiça qolayotgan bölib, bu nafas yöllarining surunkali kasalliklari, allergiya va saraton kasalligiga olib kelişi mumkin.
Takliflar
Asaka tumanidagi sement zavodi / Foto: Kun.uz
Özbekistonda havo ifloslanişi ekologik va aholi salomatligi bilan boğliq inqirozga aylanib ketmasligi uçun quyidagilar taklif qilinadi:
Birinçidan, barqaror rivojlaniş tamoyillariga muvofiq barça darajadagi qarorlarni qabul qilişda iqtisodiy va ekologik manfaatlar hamda insonning munosib yaşaşga bölgan huquqlari örtasida muvozanatni ta’minlaş lozim. Bunda ekologik tamoyillarni rad etiş yoki ularga zid ravişda iqtisodiy manfaatlarga ustuvorlik berişdan voz keçiş lozim.
Jumladan, atrof-muhit jiddiy ifloslanişiga olib keladigan sement işlab çiqaruvçi korxonalar uçun joriy yilda ayrim soliq stavkalari 4 baravarga pasaytirilgan holda ularning ekologik mas’uliyatini oşiriş böyiça yetarli çoralar belgilanmagani natijasida iqtisodiy manfaatlarga ustuvorlik berilişi, öz navbatida ekologik va insonning munosib yaşaşga bölgan huquqlari muvozanati buzilişiga va ularga ziyon yetkazilişiga olib kelişi mumkin.
Ikkinçidan, fuqarolarni atrof-muhit holati töğrisidagi işonçli axborot bilan ta’minlaş maqsadida ekologiyaga oid axborotlarning oçiqligi va oşkoraligini ta’minlaş va kengaytiriş zarur.
Jumladan, har bir korxona va taşkilot kesimida atrof tabiiy muhit holatiga zararli ta’sir qiladigan yoki nomaqbul tarzda ta’sir etişi mumkin bölgan obektlar, atrof tabiiy muhitga tuşadigan zararli moddalarning turlari va miqdori, çiqindilarning hajmlari va tarkibi, özgariş dinamikasiga oid ma’lumotlar oçiqligini ta’minlaş va e’lon qilib boriş zarur.
Ayni paytda, respublikaning barça hududlarida atmosfera havosi ifloslanişi fon monitoringini amalga oşiruvçi stansiyalarni tezroq işga tuşiriş va real vaqt rejimida onlayn uzatişni yölga qöyiş zarur.
Şuningdek, havo ifloslanişi fon monitoringidan kelib çiqib, aholi uçun öz salomatligini asraş çoralarini köriş uçun qanday ehtiyot çoralarini köriş kerakligi böyiça tavsiyalarni işlab çiqiş va aholi e’tiboriga yetkazib turiş zarur.
Uçinçidan, ekologiyaga zararli ta’sirlarning asosiy sababçilaridan biri korporativ sektor hisoblanadi. Rivojlangan davlatlarda korporativ hamjamiyatning mas’uliyatini oşiriş uçun korporativ ijtimoiy mas’uliyat (KIM) tamoyillaridan keng foydalaniladi. Şu sababli, milliy qonunçilikda, xususan tadbirkorlik va ekologiyaga oid qonunçilikda KIM tamoyillarini mustahkamlaş orqali korporativ sektorning ekologik mas’uliyatini oşiriş zarur.
KIM korporativ sektorning jamiyat va atrof-muhitga ehtimoliy ta’siri yuzasidan mas’uliyati va hisobdorligini oşirişni nazarda tutadi. KIM nafaqat qonunlarga amal qiliş, balki özining faoliyatiga qonunlarda nazarda tutilganidan ham yuqori standartlar joriy etiş orqali, korporativ sektorning jamiyat va ekologiyaga salbiy ta’sirini minimallaştiriş hamda iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik manfaatlar uyğunligini ta’minlaşni nazarda tutadi.
KIM tamoyillarining amalga tatbiq etilişini nazorat qiliş fuqarolik jamiyati institutlari, OAV, faol iste’molçilar qatlami yordamida jamoatçilik nazorati mexanizmlari orqali amalga oşiriladi. Şu sababli, davlat fuqarolik jamiyati institutlarining faolligini oşiriş, ijtimoiy şerikçilik tamoyillari asosida insofsiz tadbirkorlik sub’yektlari, ekologiyani ifloslantiruvçi korxonalarni foş etişga oid faoliyatini qöllab-quvvatlaşga qaratilgan çora-tadbirlarni belgilab olişi maqsadga muvofiq.
Törtinçidan, Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 7 sentabrdagi 541-son qarorida keltirilgan atrof-muhitga zarar yetkaziş darajasi yuqori va örta bölgan korxonalar tomonidan atrof-muhitga zarar kölamini kamaytiriş va oldini oliş uçun ilğor ekologik tozalaş texnologiya va filtrlarini majburiy qöllaş tartibini joriy etiş maqsadga muvofiq.
Bunda xuddi sement işlab çiqariş taşkilotlari uçun Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 14 apreldagi 223-son qarorida belgilangani kabi mazkur korxona va taşkilotlarga tutaş hududlarda statsionar kuzatiş punktlari (postlar)ni örnatiş hamda fon monitoringini real vaqt rejimida onlayn uzatişni yölga qöyiş taklif qilinadi.
Bunda atrof-muhitga jiddiy ziyon yetkazadigan korxonalar faoliyati ekologik va jamoatçilik nazorati mexanizmlari orqali nazorat qilinişi va foş etilişi, qonun ustuvorligini ta’minlaş, ekologik nazoratni amalga oşiruvçi idoralarning mustaqil, xolis faoliyat yuritişini ta’minlaş lozim. Ayni paytda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi vazirligi tasarrufida bölgan ekologiyani asraş bilan boğliq bölmagan yoki aksinça unga ziyon yetkazişi mumkin bölgan Turizmni rivojlantiriş qömitasi vazirlik tasarrufidan çiqarilişi maqsadga muvofiq.
Mazkur çora tadbirlar ma’lum bir moliyaviy xarajatlarni amalga oşirişni talab etsa-da, bunday xarajatlar ekologik mas’uliyatsizlik oqibatida yuzaga kelişi mumkin bölgan jiddiy ekologik talafotlar va aholi soğliği bilan boğliq inqirozli holatlar natijasida yetkazilgan zararga qaraganda bir neça baravar arzon hisoblanadi. Buning uçun davlat tomonidan tegişli qonunçilik va standartlarni işlab çiqiş, ularning joriy etilişi va keng tatbiq etilişini rağbatlantiriş talab etiladi.
Eng asosiysi, insonning munosib yaşaş huquqi, atrof-muhit va iqtisodiy manfaatlar örtasida muvozanatni ta’minlaş, fuqarolar va korporativ sektorning ekologik xabardorligi va mas’uliyatini oşiriş, ekologik axborotning oçiqligini ta’minlaş orqali jamoatçilik nazorati imkoniyatlaridan foydalanişni qöllab-quvvatlaş maqsadga muvofiq.