Belgorod oblastida Rossiyaning Il-76 harbiy-transport samolyoti qulaşi qanday röy bergani va uning oqibatlari haligaça aniq emas. Halokat 24 yanvar kuni ertalab röy berdi va kun oxiriga kelib ikki xil izoh berildi — uruşning har bir tomonidan bittadan.

  • Rossiya qömondonligi ta’kidlaşiça, samolyot 60 nafardan ortiq ukrain harbiy asirlarini olib ketayotgan bölgan — göyoki ularni Xarkiv oblasti bilan çegarada almaştiriş rejalaştirilgandi. Rossiyalik mulozimlar va harbiylarning sözlariga köra, Ukraina samolyotning yönalişi va boriş manzili haqida oldindan xabardor qilingan.
  • Ukraina QK rahbariyati va ukrain razvedkasi samolyot qulaşiga mamlakat qurolli kuçlari aloqador bölişi mumkinligini bilvosita va juda noaniq tarzda tan olgan. Şu bilan birga, Kiyevdagilar Il-76 parvozi missiyasi haqida ogohlantirilmaganni aytmoqda va u öq-dorilarni taşigan deb hisoblamoqda. Va agar bu halokatda ukrain harbiy asirlari ölim topgan bölsa, buning uçun ayb ularni havo orqali çegaraga yuborgan Rossiya qömondonligi zimmasida ekanini aytmoqda. «Kelişuvga köra, bizning himoyaçilarimizning xavfsizligini Rossiya tomoni ta’minlaşi kerak edi. Gap RFning Ukrainadagi vaziyatni beqarorlaştiriş va davlatimizni xalqaro qöllab-quvvatlaşni zaiflaştiriş maqsadidagi rejalaştirilgan va qasddan qilingan harakatlari haqida ketayotgan bölişi mumkin», — deyiladi Razvedka boş boşqarmasi xabarida.

24 yanvar kuni keçqurunga kelib mavjud bölgan faktlar bu versiyalardan qaysi biri haqiqat ekanini aniqlaşga imkon bermaydi. Rossiya tomonining versiyasida ayrim nomuvofiqliklar mavjud. Bundan taşqari, hozirça asosiy savolga aniq javob beradigan heç qanday ma’lumot yöq: Ukraina QK qömondonligi asirlar havo orqali taşilgani haqida bilganmi?

Hozirgaça nimalar aniq?

  • Yuklarni ham, odamlarni ham taşişga möljallangan Il-76 samolyoti Belgorod xalqaro aeroportidan taxminan 65 kilometr masofadagi Yablonovo qişloği atrofidagi dalaga tikkasiga şönğigan. Qulaş joyidan taxminan uç yarim kilometr janubda mahalliy aholi vakili tomonidan olingan yagona videoda samolyot yongani va havodayoq parçalanganini köriş mumkin.
  • Halokat joyida topilgan fyuzelyaj elementlari yoki aerodinamik sirtlarda yirik zarba beruvçi vosita qoldirgan izlar bor. Samolyot yirik havo hujumidan mudofaa tizimidan uçirilgan raketa bilan urib tuşirilganiga şubha yöq.
  • Samolyot Belgorod aeroportiga yaqinlaşiş sxemalarida körsatilgan yönaliş yaqinida qulagan. Halokat joyi ABDON va ABALU navigatsiya nuqtalari orasida joylaşgan. Bularning ikkinçisi — aerodrom «aylanasi»ga kiriş nuqtasidir. Yablonovo qişloği ham taxminan navigatsiya nuqtalari oraliğida joylaşgan. Nuqtalar orasidagi parvoz çoğida samolyotlar 2,5 ming metrdan «850 metrga yoki ABALU nuqtasidan yuqoriroqqaça» pasayişi kerak.