Özbekistonning BMT Sanoatni rivojlantiriş taşkiloti (UNIDO)dagi doimiy vakili Baxtiyor Ibragimov taşkilot boş direktori Gerd Myuller bilan uçraşuv ötkazdi va unga özining işonç yorliğini topşirdi.
«Dunyo» xabariga köra, suhbat çoğida UNIDO tomoniga mamlakatda amalga oşirilayotgan islohotlar, «Özbekiston – 2030» strategiyasining mazmun-mohiyati töğrisida batafsil ma’lumotlar berildi. Tomonlar sanoatni rivojlantiriş böyiça respublikada amalga oşirilayotgan loyihalar xususida fikr almaşdi.
Hozirgi kunda UNIDO Özbekistonda tekstil sanoatini modernizatsiya qiliş, eko-sanoat parklarini rivojlantiriş, energetika sohasida iqlim özgarişi ta’sirini va suv tanqisligini kamaytiriş hamda Orol dengizi hududlarini tiklaş va muhofaza qiliş uçun geografik axborot tizimlarini qöllaş kabi loyihalarini amalga oşirmoqda.
«Yaşil» energetika, ekologiya, agrobiznes va toğ-kon sanoati sohalarida loyihalarni işlab çiqiş özaro hamkorlikning istiqbolli yönalişlari sifatida körilmoqda.
Muloqot natijasida tomonlar özaro manfaatga asoslangan hamkorlikni yangi bosqiçga olib çiqişga kelişib oldi.
2023 yil 21 noyabr kuni Özbekistonning yangi elçisi Baxtiyor Ibragimov Avstriya prezidenti Aleksandr Van der Bellenga işonç yorliqlarini topşirgan edi.













