«Özgidromet» hafta davomida kuzatiladigan ob-havo haqida ma’lumot berdi.
Unga köra, 29 yanvar kuni Özbekiston hududi nam va nisbatan sovuq havo massalari ta’siri ostida böladi, respublika böyiça asosan yomğir körinişidagi yoğingarçilik kuzatiladi, toğoldi va toğli hududlarda yoğingarçilik kuçli bölişi mumkin. Ba’zi joylarda şamol tezligi 17–22 metr/sekundgaça kuçayadi, ayrim joylarda esa 25–28 metr/sekundgaça kuçayişi mumkin. Kunduzgi havo harorati oldingi kunga nisbatan pasayadi va +2...+7 darajadan yuqori bölmaydi, respublika şimolida –3...–5 daraja böladi.
30 yanvar kuni respublika hududining katta qismida yoğingarçilik jadalligi va ehtimoli kamayadi. Köpçilik viloyatlarning ba’zi joylarida qor körinişidagi biroz yoğingarçilik, şarqiy hududlarda esa (Toşkent, Andijon, Namangan, Farğona viloyatlarida) asosan yomğir körinişidagi yoğingarçilik bölişi mumkin. Faqat respublikaning janubida şamol tezligi 15–20 metr/sekundgaça kuçayişi kutilmoqda. Havo harorati keçasi 0...–5 daraja, kunduzi +2...+7 darajani, şimolda keçasi –8...–13 darajani, kunduzi 0...–5 darajani taşkil etadi.
31 yanvar—1 fevral kunlarida respublika hududining katta qismida yoğingarçilik kutilmaydi, faqat Toşkent viloyatining ayrim joylarida va Farğona vodiysi viloyatlarida bir oz yoğingarçilik (yomğir, qor) bölişi mumkin. Havo harorati keçalari 0...–5 daraja, kunduz kunlari 0...+5 daraja, şimolda keçalari –10...–15 daraja, kunduz kunlari –3...+2 daraja böladi.
Uşbu iş haftasi davomida respublika böyiça ba’zi joylarda tuman kuzatiladi.
29 yanvardan 31 yanvargaça Toşkent va Namangan viloyatlarining toğli hududlarida qor köçişi xavfi bor.
Toşkentda 29 yanvar kuni vaqti-vaqti bilan yomğir yoğadi. Şamol ğarbdan 5–10 metr/sekund tezlikda esadi. Havo harorati kunduzi +5...+7 darajani taşkil etadi. Seşanba va çorşanba kunlari biroz yoğingarçilik (yomğir yoğadi, qorga aylanadi) bölişi mumkin. Keçasi va ertalab tuman tuşişi mumkin. Ğarbiy şamol yönalişini özgartirib, şarqdan 5–10 metr/sekund tezlikda esadi.
Havo harorati 30 yanvarda keçasi +1...+3 daraja, kunduzi +4...+6 daraja, 31 yanvarda keçasi 0...–2 daraja, kunduzi +3...+5 daraja böladi.











