Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligidagi yiğilişda kommunal sohadagi işlar ahvoli tahlil qilindi.
Köp qavatli uylarni boşqariş, issiqlik va suv ta’minoti sohalarida keskin özgariş bölmayotgani tanqid qilindi.
Jumladan, aksariyat köp qavatli uylarda energiya sarfi xorijga nisbatan 3-4 barobar yuqori, issiqlik ta’minoti tizimida energiya yöqotişlari köp, tizimda bugungi kunga qadar biror marta energiya auditi ötkazilmagan, debitor qarzdorligi oqibatida issiqlik korxonalari tizimni yaxşilaşga investitsiya kiritmayapti.
Uy-joy kommunal xöjaligi vazirligi va Energetika vazirligiga köp qavatli uylarda energiya tejaş böyiça alohida dastur amalga oşirişni boşlaş topşirildi.
Xalqaro ekspertlar jalb qilinib, qayerda markazlaşgan, qayerda lokal yoki individual isitiş tizimini qöllaş, qaysi qozonxonalarni kogeneratsiya texnologiyasiga ötkaziş böyiça har bir hududning issiqlik ta’minoti sxemasi işlab çiqiladi.
Yiğilişda uy-joylarni saqlaş masalalari ham körib çiqildi.
Joylardagi boşqaruv kompaniyalarining faoliyati köp hollarda qoniqarsizligi, 20 mingta köp qavatli uylar aholisi ularning işidan norozi ekani qayd etildi.
Boşqaruv kompaniyalari va şirkatlarning qaytarilmagan krediti va debitor qarzdorligi bilan boğliq muammolar mavjud.
Şu munosabat bilan mutasaddilarga boşqaruv kompaniyalari faoliyatini soğlomlaştiriş çoralarini köriş topşirildi.
Umuman, elektr, gaz, suv, issiqlik, çiqindi, «kvartplata», soliq tölovlari böyiça xonadonning yagona billing hisob-raqamini joriy qiliş vaqti kelgani qayd etilib, xorijiy tajriba asosida tegişli takliflarni işlab çiqiş topşirildi.
Hozirda köp qavatli uylardagi 2 mingta yertöla tadbirkorlarga ijaraga berilmasdan, böş yotibdi.
Vaholanki, bu orqali mahallalarda 20 mingta iş örni yaratiş va ijaradan yiliga 150-200 milliard söm qöşimça daromad topiş mumkin.
Endi köp qavatli uylar yertölasi va böş joylarini ijaraga berişni yangi tartibi joriy qilinadi. Bunda:
- yertöla va böş maydonlar haqida ma’lumotlar raqamlaştirilib, «Mening uyim» tizimiga boğlanadi hamda aholi va taşabbuskorlarga oçiq e’lon qilinadi;
- ijara tölovlari faqat «Mening uyim» platformasi orqali hisob-kitob qilinadi va aholi uçun oçiq böladi.













