29 yanvar kuni Şavvkat Mirziyoyev vazirlik va idora rahbarlari bilan yiğilişda uy-joy va quriliş sohasidagi eng dolzarb vazifalarni belgilab berdi. 

2024 yilda investitsiya dasturi doirasida 1 ming 637 ta infratuzilma obektini quriş belgilangan. Lekin rahbarlar budjet mablağlarini samarali işlatiş, qurilişlar sifatini ta’minlaş böyiça namunali tizim yaratmagan. Qurilişga ajratilgan budjet mablağlari maqsadsiz işlatilgan, talon-toroj va öğrilik qilingan.

Yiğilişda ayrim quruvçi tadbirkorlarning yaşirin işlaşiga yoki bunday işlaşga majbur qiladigan şart-şaroitlar borligi ta’kidlandi. Bundan taşqari, loyiha, tender, quriliş va obektni qabul qiliş bilan boğliq barça jarayonlarda korrupsiya holatlari uçrab turibdi.

Endilikda loyiha qilişdan boşlab, obektni foydalanişga topşirişgaça bölgan barça jarayonlar ham, ularning nazorati ham yangiça taşkil etiladi.

2025 yil 1 yanvardan barça loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlaş, işlarni amalga oşiriş, şuningdek, ularni qabul qilişda «resurs usuli»dan voz keçilib, «hajm usuli»ga ötiladi. 1 iyuldan bu usul yöl, içimlik suvi va köprik qurilişi loyihalarida joriy qilinadi.

Özbekistonda amaldagi loyihalaş jarayonlari va quriliş işlari «resurs usuli»ga asoslangan. Unda 1 ta obekt quriş uçun qança işçi kerak, qança yoqilği va neçta texnika işlatiladi, texnikaning turi qanaqa bölişi kerak, degan yuzlab şartlar kiritilgan. «Hajm usuli»da esa pudratçidan yakuniy natija söraladi. Muhimi, quruvçi obektni öz vaqtida va sifatli topşirişi kerak, deyiladi xabarda.

Bundan taşqari, qurilişni korrupsiyadan xoli sohaga aylantiriş maqsadida 1 iyuldan:

  • qurilişda tuziladigan barça şartnomalar raqamlaştiriladi;
  • pudratçi taşkilotlar bajargan quriliş işlari faqat soliq organiga taqdim etilgan elektron hisob-fakturadan kelib çiqib moliyalaştiriladi;
  • obektni foydalanişga qabul qiliş jarayoni raqamlaştirilib, dalolatnomalar «Şaffof quriliş» orqali tasdiqlanadi;
  • 10 mlrd sömdan ortiq loyihalar böyiça subpudratçilarni faqat va faqat «Şaffof quriliş» tizimi orqali tanlaş tartibi yölga qöyiladi. Uşbu tartib xalqaro moliya taşkilotlari bilan amalga oşirilayotgan loyihalarga ham tatbiq etiladi;