Prezident yiğilişida qayd etilişiça, bugungi kunda loyiha taşkilotlari obekt qiymatini imkon qadar “şişirişga” harakat qilmoqda. Sababi, loyiha qança qimmat bölsa, loyihaçi şunça köp pul oladi.

Şu bois, aksariyat loyihalarda keraksiz xizmatlar, ortiqça haşamat qöşib kiritilmoqda. Masalan, 2023 yilda loyihalarda 3 trln sömlik bunday keraksiz xarajatlar oldi olingan.

Ta’kidlanişiça, iqtisod qilişga kelganda quruvçilarning iş haqi va asosiy quriliş materiallari narxi bozordan past narxlarda hisoblanmoqda. Bularning hammasi quruvçi-pudratçilarni “obnal” va “öğirlik” qilişiga, sifatsiz quriliş materiallarini işlatişiga şaroit yaratayotgani, “yaşirin” quriliş materiallari bozori vujudga kelgani qayd etildi.

Hokim va prokurorlar vaziyatga e’tiborsizligi qattiq tanqid qilinib, ularning bu boradagi qat’iy javobgarligi belgilandi.