Kun.uz ijodiy jamoasi 2023 yil oxirida Yaponiyaga safar qilib, kunçiqar yurtning turli hayotiy jabhalari haqida birqança körsatuvlar tayyorladi. E’tiboringizga loyihaning kiriş qismini taqdim etamiz. Unda jurnalist Şokir Şaripov safar davomida Yaponiya haqida olgan asosiy taassurotlari bilan bölişadi.

Nega kimdir hayotini birmunça tartiblab olib, baland da’volar qilmasa-da, öziga obod mamlakat qurib olgan? Kimdir esa da’volari osmonni quçgan-u, oddiy turmuşini tuzatib ololmaydi? Kimlardir kamtarlikni şior qilib olib, dunyoni oldinga yurğizadi. Boşqa kimlardir esa şiorlarni baland kötargan, ammo elementar muammolarini hal qilolmay, açinarli ahvolda qolib... yuradi?

Sababini iqtisodçilar tuşuntirmoqçi bölişadi, ijtimoiyotçilar tuşuntirmoqçi bölişadi. Ammo ularning tuşuntirişlari biz uçun yetarli emas. Biz savollarimizga javob topiş uçun közimiz bilan körişimiz kerak deb hisobladik. Kun.uz – Yaponiyada.

Avvaliga ayrim iqtiboslarga e’tiboringizni qaratmoqçiman.

Takatoşi Oşima, Inuyama şahridagi xususiy maktab direktori:

— Bir söz bilan aytganda buning (Yaponiya rivojining – tahr.) zamirida ta’lim yotibdi deb öylayman.

Şu bilan birga, yaponlarda “işlaş, mehnat qiliş juda yaxşi, juda gözal” degan tuşunça mustahkam örnaşgan. Şu uçun ham yaponlar işlaşni yaxşi köradi, sevadi desa ham böladi. Şuning uçun yapon boy bölsa ham töxtovsiz işlayveradi. Bu millatning şu hislati rivoj uçun xizmat qilgan. Yaponiyada siz öta boy bölsangiz ham mehnat qiliş, biror iş bilan şuğllaniş – gözaldir, yaxşidir degan qaraş qadimdan mavjud bölib kelgan. Şuning uçun ham işlaş, mehnat qiliş – gözal işdir, degan fikrning jamiyatda çuqur örnaşgan. Bu Yaponiyaning rivojlanişiga ulkan ta’sir körsatgan.

Alişer Umirdinov, Nagoya iqtisodiyot universiteti professori:

— Meyji restavratsiyasi davrida Yaponiyada bir şior bölgan: “Dunyodan ilmni Yaponiyaga köçirib keliş”. Haqiqiy ilmiy dissertatsiya yoziş nima ekanini men şu yerda örgandim. Yaponiya men uçun ilmni transfer qiliş maydoni ham hisoblanadi.

Muhsinxöja Abdurahmonov, Özbekistonning Yaponiyadagi favqulodda va muxtor elçisi: