Respublika hududlarida kuçli şamol va yomğir (qor) yoğişi oqibatida ayrim elektr tarmoqlarida nosozlik yuzaga keldi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.
Oqibatda, Qaşqadaryo viloyatining Kökdala, Ğuzor, Şahrisabz, Yakkaboğ, Kitob va Qarşi tumanlari qisman (jami 5430 ta iste’molçi); Samarqand viloyatining Nurobod, Pastdarğom va Iştixon tumanlari qisman (jami 3500 ta iste’molçi); Jizzax viloyatining Foriş va Ş.Raşidov tumanlari qisman (jami 950 ta iste’molçi) elektr ta’minotidan uzilgan.
Qayd qilinişiça, maxsus brigadalar tomonidan nosozliklarni bartaraf etiş işlari olib borilmoqda.












