Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qömitasi majlisida Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksga yonğinlar profilaktikasi samaradorligini oşirişga qaratilgan qöşimça va özgartirişlar kiritişni nazarda tutuvçi qonun muhokama qilindi. 

Ma’lum qilinişiça, yonğinlarning oldini oliş sohasida tizimli çora-tadbirlar amalga oşirilayotganligiga qaramasdan, yonğinlar bilan boğliq oğir oqibatli noxuş hodisalar röy bermoqda.

Jumladan, 2023 yilda 10 204 ta yonğin hodisasi yuz berib, unda 251 nafar fuqaro jabrlangan, şundan 79 nafari vafot etgan, şuningdek, jismoniy va yuridik şaxslarga 270,4 mlrd sömlik zarar yetkazilgan. Şundan faqatgina 2023 yilning özida tadbirkorlik sub’yektlariga tegişli obektlarda 797 ta yonğin sodir bölgan.

Majlisda ayrim fuqarolarning yonğin xavfsizligi qoidalarini bilmasligi, aksariyat hollarda uşbu qoidalarga e’tiborsizlik bilan qaraşi, şuningdek, amaldagi qonunçilikda qonunbuziliş holatlari uçun yengil ma’muriy jazo çoralari belgilanganligi yirik yonğinlar sodir bölişining asosiy sabablaridan bölayotgani ta’kidlangan. Hududlarda röy bergan yirik yonğinlar sabablarini örganiş böyiça tuzilgan Hukumat komissiyasi qayd etişiça, davlat yonğin nazorati organlarining vakolatlari yetarli emasligi sababli ular tomonidan yonğinning oldini oliş böyiça ta’sirçan çoralar körilmasdan qolmoqda. 

Muhokama qilingan qonun bilan Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksga örmonlarda yonğin xavfsizligi talablarini buziş yonğin çiqişiga olib kelganligi uçun ma’muriy javobgarlik belgilaşni, şaxslarning ehtiyotsizligi yoki yonğin xavfsizligi qoidalarini buzganligi tufayli uy-joy fondida odamlarning soğliğiga zarar yetişi yoxud özganing mol-mulki şikastlanişi yoki uning yöq qilinişi bilan boğliq bölmagan tarzda yonğin sodir bölganda bunday şaxslarni javobgarlikdan ozod qilişni nazarda tutuvçi özgartirişlar kiritilmoqda.