Samarqand va Jizzax viloyatlarida fuqarolarni xorijiy davlatlarga işga yuborişini aytib pul olgan şaxslar uşlandi. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi departament xabar beryapti.
Departamentning Bulunğur tuman bölimi tomonidan ötkazilgan tergovga qadar tekşiruvda fuqaro L.S. yetti nafar fuqaroning işonçiga kirib, Angliyaga işga yuborişini aytib ulardan 13 800 dollar, 510 yevro va 6,8 mln sömini firibgarlik yöli bilan qölga kiritgani aniqlangan.
Departament hamda DXX Jizzax viloyati boşqarmalari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro B.I. uç nafar fuqaroning işonçiga kirib, ularni Polşa davlatiga işga yuborişi evaziga 900 dollarini olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Qayd etilişiça, mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.













