Jahon moliya bozorlari navbatdagi qaynoq haftani muvaffaqiyatli yakunladi. Joriy haftani texnologiya sektorining zaif çoraklik hisobotlari boşlab berdi. Hisobotlarga köra Google’ning reklamadan olgan daromadi investorlarning prognozini oqlolmadi, Advanced Micro Devices (AMD) çoraklik natijalari esa kutilganidan past çiqdi. Şu sababli sun’iy intellektga boğliq kompaniyalar haftaning birinçi yarmida korreksiyani boşdan ötkazdi (şu jumladan, Misrosoft ham). AQŞ Federal zaxira tizimi (FZT), bandlik ma’lumotlari va Yaqin Şarqda tinçlikka erişişdagi birinçi ğalabalar haftaning ikkinçi yarmidagi asosiy voqealar böldi.

Jahon Insighs kanali ekspertlari 29 yanvardan 2 fevralgaça bölgan davrda Xalqaro moliya bozorida sodir bölgan eng muhim voqealarni tahlil qilib çiqdi.    

AQŞ top fond bozorlari indeksi:

  • S&P500: +1,38 foiz (yil boşidan +3,96 foiz);
  • NASDAQ: +1,27 foiz (yil boşidan +4,85 foiz);
  • DJI: +1,43 foiz (yil boşidan +2,56 foiz).

Hafta davomida Dow Jones, NASDAQ va S&P500 indekslari mos ravişda 545, 222 va 68 punktga kötarildi.

 Asosiy qimmatbaho metallar:

  • Oltin: +1,07 foiz (yil boşidan  -1,12foiz);
  • Kumuş: -0,39 foiz (yil boşidan  -4,55 foiz);
  • Alyuminiy: -1,04 foiz (yil boşidan -6,45 foiz);
  • Mis: -0,85 foiz (yil boşidan -1,49 foiz).

Qimmatbaho metallar esa aksinça, pasayiş tendensiyasini saqlab qoldi. Alyuminiy hafta mobaynida 24 dollar, kumuş va mis mos ravişda 9 va 4 sentga arzonlaşdi. Biroq oltin xitoylik investorlar tomonidan katta hajmda xarid qilingani tufayli, qiymati ösdi. Jumladan, bir hafta içida uşbu qimmatbaho metall bahosi 22 dollarga oşdi.

Neft

  • WTI: -7,44 foiz (yil boşidan +1,42 foiz);
  • BRENT: -6,87 foiz (yil boşidan +0,45 foiz).

Neft yana oldingi narx koridoriga qaytdi. Yaqin Şarqda tinçlikni tiklaş harakatlari öz natijasini berdi va potensial stabillik narx arzonlaşişiga olib keldi. Buning oqibatida neftning WTI markasi 5,81 dollarga, BRENT esa 6,87 dollarga pasaydi.