Kilian Mbappening Parijdan Madridga ötiş-ötmasligi böyiça bir neça yildan buyon davom etayotgan futbol seriali poyoniga yetmoqda. Fransuz futbolçisi kelajagi borasida bir qarorga kelgan. «PSJ» bilan şartnomasi muddati joriy mavsum oxirida tugaydigan 25 yoşli forvard baribir orzusidagi jamoaga ötadigan bölmoqda. Bu ma’lumot ham Ispaniyadagi, ham Ispaniyadagi son-sanoqsiz manbalar tomonidan tarqatilmoqda.

Parij klubiga yaqin hisoblangan Le Parisien gazetasi ma’lumotiga köra, Mbappe erkin agent maqomida «Real»ga ötiş qaroriga kelgan va bu haqda allaqaçon «PSJ» rahbariyatiga ham ma’lum qilgan. U Fransiya çempioni bilan kelişuvni uzaytirmaydi. Futbol olamidagi eng katta insayder Fabritsio Romano ham transferga tayyorlik körilayotgani haqidagi ma’lumotni tasdiqlagan.

«Madridning «Real» klubi sahna ortida qattiq iş olib bormoqda va Mbappe bilan şartnoma imzolaş böyiça muzokaralar ötkazmoqda. «Real» bu işni boşlagan», – deya yozgan Romano ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida.

Ispaniyadagi Relevo naşriga köra, «qaymoqranglilar» prezidenti Florentino Peres Mbappe transferi orqali moliyaviy qiyinçilikka uçragan va yangi futbolçilarni öziga  jalb eta olmayotgan «Barselona»ga zarba bermoqçi. Peres ta’mirlanayotgan «Santiyago Bernabeu» stadioni qaytadan oçilişini yangi «galaktikos» bilan nişonlaşni niyat qilgan.

Madriddagi Marca naşri ma’lumotiga köra, Mbappe fevral oyidayoq «PSJ» ketişi haqida e’lon qiladi. Liga 1 telehuquqlari sotilişiga salbiy ta’sir körsatmaslik uçun bu hozirça keçikayotgani aytilgan. «Real» klubi matbuot xizmati 2 fevral kuni Kilianning kelişining anonsi deb hisoblaş mumkin bölgan videoni namoyiş etgandi. Bu videoda sana va «yangi» sözi aks etgandi.

OAVda «Real»ning Mbappe bilan kelişuviga oid ayrim tafsilotlar paydo bölgan. ESPN ma’lumotiga köra, madridliklar klubi Kilianga Vinisius Junior va Jud Bellinghemga qaraganda köproq tölamoqçi emas. «Real»ning bu yulduzlari hozirda yiliga 10,5 mln yevro atrofida işlab topadi. Germaniyadagi Bild naşri esa bir neça kun muqaddam öz insaydini tarqatgandi: unga köra, Mbappe yiliga 70 mln yevro miqdorida maoş söragan, Peres esa yiliga 35 mln yevrodan ortiq (soliqlardan taşqari) tölay olmasligini bildirgan. Bundan taşqari, Kilianning oilasi bonus va futbolçining agenti sanalgan onasiga mukofot puli sifatida 100-125 mln yevro olişni közlagan. Bunday holatda forvard «Real»ga jami 450 mln yevroga tuşadi. 

Nihoyat, L’Équipe xabariga köra, «Real» Mbappega dedlayn qöymagan, ammo 2022 yildagi holat takrorlanmasligi uçun forvard tezroq qabul qilişini istaydi. Kilian bunga rozi bölmagan taqdirda, madridliklar klubi asosiy e’tiborini boşqa hujumçilarga, birinçi navbatda «Mançester Siti»dan Erling Holandni transfer qilişga qaratgan bölardi. Mbappedan xat orqali rozilik kafolati, tabiiyki dastlabki şartnomani imzolaş söralmoqda.