Sönggi haftalarda APL peşqadami bölib turgan «Liverpul» «Arsenal»ga qarşi yil öyini oldidan tarkib borasida muammolarga duç kelgandi. Mersisaydliklar ştabi hamon Saloh, Soboslai va Robersonning soğayişini kutmoqda, ötgan turda Nunes ham kiçik jarohat olgandi. Bundan taşqari, öyin arafasida fojia röy berdi — «Liverpul»ning yangi yulduzi, «Çelsi»ga qarşi öyinning eng yaxşi futbolçisi Konor Bredlining otasi vafot etdi va u öyin qaydnomasiga kiritilmadi. Klopp öng qanotda yana Aleksander-Arnoldni tuşirdi.
«Arsenal»da esa asosan bitta jiddiy yöqotiş bor edi — Gabriel Jyezus jarohatlangan. Lekin Arteta markaziy forvard örnida Nketia yoki Trossarni emas, Haversni tuşirdi. «Kanonirlar» ustozi maydon markazi uçun tanlovi bilan raqiblarni hayron qoldira oldi — Jorjinio ançadan buyon «Arsenal»ning boşlanğiç tarkibiga kirmay qöygan, ammo şunday muhim öyinda Rays bilan birgalikda ikkinçi tayanç yarimhimoyaçi pozitsiyasida tuşdi.
Artetaning barça rejalari iş berdi. Bu uçraşuvga superpressing qiluvçi ikki eng yaxşi jamoa töqnaşuvi sifatida qaraş ham mumkin edi. Va «Arsenal» «Liverpul»ga nisbatan yaxşiroq tayyorlangani ma’lum böldi: Havers va Edegor muntazam ravişda pressingning birinçi çiziğida joylaşib, raqiblarni amalda darvozabon hududida qarşi olişdi. Şu tufayli mehmonlarda himoyadan çiqişda muammolar yuzaga keldi.
«Arsenal» birinçi bölimda yaqqol ustunlikka erişdi. Qarşi hujumda Havers yakkama-yakka vaziyatga çiqib bordi, darvozabon zarbani qaytardi, ammo töp Sakaga kelib tuşdi va hisob oçildi. Angliyalik futbolçi bu vaziyatda ofsayd qopqoniga tuşib qolişi ham mumkin edi va mehmonlar hakamdan vaziyatni körib çiqişni talab qilişdi, ammo VAR Saka baribir töğri holatda bölgani va APLdagi sakkizinçi golini qoidalarga mos holda urganini qayd etdi.
Mavzuga oid
Londonliklar bölim oxirigaça hisobdagi farqni oşirişi mumkin edi, 45 daqiqalikda kutilgan gollar böyiça 2,03 xG körsatkiçi yuzaga keldi, ya’ni jamoada yana bir neça gol uriş uçun imkoniyatlar böldi.
«Liverpul» odatda jismonan kuçli bölgan, lekin bu safar maydon markazini butunlay topşirdi. Mezbonlarda Rays raqib hujumlarini töxtatiş va töpni olib qöyişga mas’ul böldi, jamoaning qolgan barça a’zolari esa vaziyatlar yaratiş bilan şuğullanişdi. Natijada bölim boşidan oxiriga qadar aynan mezbonlar töxtovsiz ravişda hujumga ötişdi.
Lekin futbolda doim ham barçasi mantiqqa mos kelavermaydi. Va bölim oxirida «Liverpul» baribir hisobni tenglaştirişni uddaladi. Saliba darvozabon hududiga kelgan töpni nazorat qilayotgandek va Diasni korpusi bilan tösib turgandi. Ammo kolumbiyalik futbolçi ayyorlik bilan töpga teginişga ulgurdi va töp avval Gabrielning qöliga, keyin darvoza töriga bordi. Bu vaziyatda Saliba töpni heç ikkilanmasdan uzoqlaştirişi kerak edi, ammo u va darvozabon bir-birini tuşunmadi. Natijada, mehmonlar darvoza sohasi tomon birorta zarba yöllamagan bölsa-da, hisobni tenglaştira oldi.
Tanaffusda Arteta Zinçenkoni maydondan oldi va Kivyorni tuşirdi. Klopp esa 60-daqiqaga bormasdan uçtalik almaştiriş qildi — Roberson, Elliott va Nunes maydonda paydo bölişdi. Va şundan keyingina «Liverpul» öyindagi ilk zarbasini berdi. Lekin Dias tepgan töp Rayyaning qöliga borib tuşdi.
«Arsenal» esa xotirjamlik bilan himoyalandi va qarşi hujumlarda payt poyladi.
Bu vaqt 67-daqiqaga töğri keldi. Içkaridan uzatilgan töpga van Deyk ham, Alison ham yetib keldi, ammo himoyaçi korpusi bilan öz darvozaboniga töpni uzoqlaştirişga xalaqit berdi, natijada Martinelli böş darvoza qarşisida töp bilan yolğiz qoldi va faoliyatidagi eng oddiy golni urdi. Bu amalda ğalaba goli edi, şundan keyin «Liverpul» öziga kela olmadi.
Qolgan vaqtda röy bergan tört voqeani qayd etiş mumkin. Birinçidan, Saka jarohat tufayli almaştirildi. Ikkinçidan, Konate çetlatildi — ikki bor oxirgi himoyaçi pozitsiyasida turib raqibni töxtatib qolgani uçun ikki bor sariq kartoçka oldi. Uçinçidan, Tiyago Alkantara maydonga çiqdi, bu uning uşbu mavsumdagi debyuti böldi. U «Liverpul» safida sönggi bor roppa-rosa bir yil muqaddam — 2023 yil 4 fevral kuni öynagandi. Törtinçisi: Trossarning goli, u töpni maydonning qariyb yarmi böylab olib ötdi va Alisonning oyoqlari orasidan darvozaga kiritdi.
3:1 — londonliklar uçun öta muhim ğalaba. Arteta şogirdlari nafaqat hisobda, balki öyin böyiça ham APL peşqadamini ojiz qoldirdi va oltin medallar uçun poygani maksimal darajada qizitdi. Endi «Arsenal» va «Liverpul»ni atigi ikki oçko ajratib turibdi, ortda esa zaxirada ikki öyini bor «Mançester Siti» kelmoqda. Gvardiola jamoasi bu öyinlarning ikkisini =am «Brentford»ga qarşi ötkazadi (birinçisini duşanba kuni).
«Real»da jarohatlar soni haddan oşiq köpayib ketdi. Bu ayniqsa markaziy himoyaçilar töğrisida. Militao va Alabadan taşqari, Ryudiger ham safdan çiqdi, u ukol bilan ham öynay olmasligi ma’lum böldi va markazda qanot himoyaçisi Karvahal Naçoga şerik böldi, uning öng qanotini esa Vaskes egalladi. Qolaversa, tayanç zonasi vakili Tşuameni diskvalifikatsiya tufayli öynay olmasdi. Öyindan oldingi maşğulotlar çoğida esa Vinisius ham jarohatlandi. Avvaliga uning örniga Xoselu tuşişi xabar qilingandi, amalda maydonga Braim Dias çiqib keldi.
«Real»ning birinçi bölimdagi eng yaxşi öyinçisi esa aynan Dias böldi, u mezbonlarning hujumlaridagi asosiy kuçga aylandi. U şunçalik dadil öyin körsatdiki (tovon bilan pas berişi va töpni raqib oyoqlari orasidan ötkazişi şular jumlasidan), muntazam ravişda asosiy tarkibda tuşadigan futbolçidek taassurot uyğotdi. Mehmonlar esa quyi blokda himoyalanişni afzal körişdi. Köp hollarda «Atletiko»ning barça futbolçilari maydonning uçinçi qismida joylaşdi, ba’zida esa jarima maydoni içiga qamalib olişdi.
Bu qaysidir ma’noda Simeone jamoasi zarariga işladi. Bunday uslub qarşi hujumlar uyuştirilganida özini oqlaydi, ammo bunday hujumlar amalda deyarli kuzatilmadi. Buning örniga «Atletiko» futbolçilari öz jarima maydoni içida raqiblarga yordam berib yubordi. «Real»ning goli juda osonlik bilan urildi. Mezbonlar hujum davomida ikki bor «Atletiko» futbolçilaridan devor sifatida foydalanişdi. Bu «Real»ning birtepar uslubdagi kombinatsiyasiga aylandi va unda Saul hamda Koke ham iştirok etdi. Ularning oxirgisidan töp Diasga borib tuşdi.
Şundan keyin «Atletiko» darhol burçak zarbasini ijro etdi va Vitselning zarbasi golga aylanişiga bir baxya qoldi va «Real» tanaffusga hisobdagi ustunlik bilan yöl oldi. Tanaffusdan qaytiboq mehmonlar darvozani işğol etişdi – Saviçning zarbasi darvoza töriga borib tuşdi. Ammo VAR bu holatda ofsayd qayd etdi – Saul çindan ham öyindan taşqari holatda edi va Luninni tösib turgandi.
Ikkinçi bölimda Bellinghem uç marta penalti söradi, ammo hakam «nuqta»ni körsatmadi (garçi birinçi holatda bunga asoslar bor edi). Bundan taşqari, «Real» xavfli qarşi hujumdan foydalana olmadi – bu vaziyatda tört hujumçi ikki himoyaçiga qarşi çiqib borgandi. 71-daqiqada esa Braim Dias turning eng çiroyli golini urişga juda yaqin keldi. U jarima maydoni içida töpni avvaliga Ermosoning oyoqlari orasidan ötkazdi, keyin esa bir çalğituvçi harakat bilan Vitselni yöldan oldi, ammo olis burçak tomon yöllagan zarbasiga biroz aniqlik yetişmadi.
«Atletiko»da ham vaziyatlar yuzaga keldi, ammo bu vaziyatlar kam va yaqqol emasdi. Zarba berişga muvaffaq bölingan holatlarda esa Lunin özini körsatdi. Jumladan Grizmanning orqa turib tovonda yöllagan ayyorona zarbasini ham. Aftidan, Kepa Kurtua yöqligida asosiy darvozabon böliş uçun raqobatda butkul yutqazdi.
«Real» bu safar ham uç oçkoni qölga kiritişi muqarrardek körina boşlagan daqiqalarda esa «Atletiko» hisobni tenglaştirişga erişdi. Depay boş bilan töpni oldinga taşlab berdi va Liorentening boş bilan yöllagan zarbasi tösin ostidan törga borib tuşdi – 1:1. Mezbonlar butun öyin davomida ustunlik qilganiga qaramay, derbi durang hisob bilan yakunlandi.
Bu esa Ispaniyada çempionlik intrigaasi davom etadi degani. Kamida keyingi yakşanbaga qadar, öşa kuni priyedet Blind, Errera va boş murabbiyi Miçel Sançesning diskvalifikatsiyasi tufayli kuçsizlangan «Jirona» «Santiyago Bernabeu»ga taşrif buyuradi. Hozirda jamoalar orasidagi farq ikki oçkoni taşkil etmoqda.
A Seriya peşqadamlari örtasida keçgan Italiya derbisi «Inter»ning «Yuventus» ustidan ğalabasi bilan yakunlandi. «Neradzurrilar» zaxirada bir öyini bor holatda asosiy raqobatçisidan tört oçkoga özib ketdi.
Bu öyinda 3-5-2 sxemasidagi «Inter» 3-5-2 sxemasidagi «Yuventus»ga qarşi maydonga tuşdi. «Inter» ilk daqiqalardan töpni nazorat qildi (bu körsatkiç 75 ga 25 foiz körinişigaça yetdi) va hududlar böyiça ham ustunlik qildi. Mezbonlar Massimiliano Allegri mudofaasini qanotlar va yarimqanotlar orqali buzib ötişni maqsad qilgandi: futbolçilar katta guruh bölib goh çapga (köproq), goh öngga taşlanar va bu hududlarda tezda kombinatsiyalar uyuştirilardi. «Yuventus» esa amalda jarima maydonida avtobus örnatdi.
Avvaliga «neradzurrilar» qator burçak zarbalarini ijro etişdi, Mxitaryan ilk zarbani yölladi. Ammo birinçi haqiqiy golli vaziyat bölim örtalariga borib yuzaga keltirildi. Armanistonlik yarimhimoyaçi çap qanotdan jarima maydoniga kirib borgan Dimarkoga töpni yetkazib berdi, ammo u zarba berişda şoşildi va töni darvozaga töğri tepa olmadi. Keyin esa Çalxonöğli öz jamoasi jarima maydoni atrofidan turib raqib jarima maydoni atrofida töp söragan Dimarkoni uzun pas bilan ta’minladi, ammo hujum davomida turinliklar jarima maydoni içida turgan Tyuram töpni qabul qila olmadi - Bremer töpni uning oyoqlari ostidan olib qöydi. Lekin allaqaçon gol hidi kela boşlagandi. Qolaversa, «Yuventus»ning qarşi öyini öxşamayotgandi. Öyinning yarim soati ötayotganida Makkenni Vlahoviç hisobni oçişi uçun barça işni qildi, ammo
şu kuni muntazam ravişda qöpol öynagan va hakam bilan bahslaşgan serbiyalik hujumçi jarima maydoni içida töpga ilk teginişida ham muvaffaqiyatsiz harakat qilib, burçak zarbasi işlaş bilan çeklandi.
«Inter» esa tanaffus arafasida baribir öz maqsadiga erişdi. Simone Indzagi jamoasi gol urilgan epizodda öng qanotdan boşliq topa oldi: Barella töpni jarima maydoni içiga yetkazib berdi, Pavarning havodagi töpga zarba berişga urinişi öxşamadi, ammo şuning özi «Yuventus» himoyaçilarini çalğitdi va Gatti Tyuram bilan töp uçun kuraşayotib uni öz jamoasi darvozasiga kiritib yubordi. Turinliklar avtogol tufayli yutqazadigan böldi. Ammo jarima maydoniga qamalib olinganda bunday vaziyat ehtimoli ortişi tabiiy edi. Öyinning ilk 45 daqiqaligida zarbalar böyiça hisob 9:2 (jarima maydoni içidan yöllangan zarbalar – 7:2) körinişini oldi, ammo darvoza sohasiga aniq borgan zarbalar böyiça – faqat 1:0.
Tanaffusdan keyin köproq pozitsion öyin kuzatildi, Indzagi va Allegri jamoalari bir-birining xatosini kutib öynadi. Ammo yana «Inter» yaxşiroq harakat qildi. «Neradzurrilar»ning deyarli har bir qarşi hujumi xavfli tus oldi, «Yuventus»da esa qarşi hujumlar öxşamadi, mezbonlar töp yöqotilişi bilan kuçli pressing ötkazişdi va öz pozitsiyalariga qaytişga ulgurişdi. Çempionat peşqadami ikkinçi golga ham juda yaqin keldi, ammo Çalxonöğlining qaytgan töpga bergan zarbasidan keyin töp ustunga tegdi. Umuman olganda, uşbu turkiyalik futbolçi şu oqşom juda kuçli öyin ötkazdi.
U Genrix Mxitaryan va Nikolo Barella bilan birgalikda maydon markazida hukmronlik qilib, öyin sur’atini boşqarib turişdi. Ularning raqiblari — Manuel Lokatelli va Adriyen Rabio — esa butun jamoasi kabi u qadar yaxşi körinmadi.
Qora-oqlar safidagi eng yaxşi öyinçi esa Voysex Şçensni böldi, u ikkinçi bölimda ikki bor qahramonlik körsatdi va turinliklarni öyinda qoldirdi. Marko Arnautoviçning yaqin masofadan turib bergan zarbasini qaytarganida esa uşbu polyak örnidan qözğalişga va ikkinçi zarbaga reaksiya qilişga ulgurgandi, bu orqali u nafaqat turning, balki oyning va hatto yilning eng yaxşi seyvini ijro etdi.
Ikkinçi bölimda «Inter» zarbalar böyiça ortda qoldi – 6:11, ammo jarima maydoni içidan yöllangan zarbalar böyiça farq katta emas – 4:5, darvoza sohasiga aniq yöllangan zarbalar böyiça esa yana ustun keldi (2:1). Va haqli ğalabaga erişdi.
Italiya derbisidagi ğalaba «Inter»ni skudetto sari yanada yaqinlaştirdi. Endi asosiy ta’qibçi «Yuventus» bilan oradagi farq tört oçkoni taşkil etmoqda, agar qoldirilgan öyinda ham ğalabaga erişilsa, bu farq yetti oçkoga yetadi.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi