Qozoğistonda Çimkent şahri uy-joy boşqarmasi boşliği hokimlikdagi yiğiliş vaqtida qölga olindi. Amaldor korrupsiya jinoyatida ayblangan, deb xabar berdi Otyrar TV. 

Telekanal xabariga köra, yiğilişga Korrupsiyaga qarşi kuraş xizmati vakillari kelgan. Uning vakili yiğilişda hozir bölganlardan biriga savollari borligini aytgan. 

Yiğilişga raislik qilgan şahar hokimi huquq-tartibot idorasi xodimlari korrupsiyada ayblanayotgan amaldorni olib ketişi mumkinligini aytgan. 

«Hokimlik xodimlari orasida halol xodimlar köp, lekin korrupsionerlari ham bor. Men sizlarni köp marta ogohlantirganman», dedi hokim va «boşqa çorasi yöq» deb qöşimça qildi. 

Korrupsiyaga qarşi kuraş xizmati xodimlari yiğilişga kirib, uy-joy boşqarmasi boşliği vazifasini bajaruvçi amaldorni olib çiqib ketişgan. 

Çimkent şahar hokimi Ğabit Sizdiqbekov ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida amaldorlarni noqonuniy boylik orttirişga imkoniyat qidirmaslikka çaqirdi. 

Korrupsiyaga qarşi kuraş xizmati ma’lumotlariga köra, qölga olingan amaldor yetkazgan zararning dastlabki miqdori 120 million tengeni (265,9 ming dollar) taşkil qilgan.