Turkiyaning turli şaharlarida bir yil oldin sodir bölgan dahşatli zilzila qurbonlarini xotirlaş uçun marosimlar ötkazildi. Bu haqda Anadolu xabar berdi.
2023 yil 6 fevral kuni Turkiya janubi-şarqida magnitudasi 7 balldan ortiq bölgan ikkita zilzila sodir böldi (mahalliy vaqt bilan soat 4:17 da – 7,7 ball va 13:24 da – 7,6 ball).
Zilzila episentri Qahramonmaraş viloyatida böldi. Vayronkor zilzila qöşni davlatlar, jumladan Suriya, Livan, Kipr va Iroqda ham sezildi.
Qahramonmaraş bilan birga Hatay, Usmoniya, Odiyomon, Diyorbaqir, Şonliurfa, Ğoziantep, Kilis, Adana, Malatyo va Elazig viloyatlarida ham jiddiy vayronagarçilik va talofatlar qayd etildi.
Zilzila qurbonlari soni 53 537 kişini taşkil etdi, yana 107 213 kişi jarohat oldi.
Qidiruv va qutqaruv işlariga yordam beriş uçun 93 mamlakatdan ekipajlar yetib keldi.
Butun mamlakat böylab 7 kunlik milliy motam e’lon qilindi. Zilziladan jabr körgan hududda favqulodda holat e’lon qilindi.
Tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etişda jami 650 ming kişi, jumladan, xorijdan kelgan 11 488 nafar, qidiruv-qutqaruv işlarida 35 250 nafar iştirokçi va 142 ming xavfsizlik kuçlari jalb etildi.
350 ta çodir şaharçada 645 ming dona, 414 ta konteyner şaharçasida 215 ming 224 dona konteyner örnatildi.
Boşqa davlatlar qatori, Özbekiston ham zilziladan jabrlangan aholi uçun gumanitar yordam jönatdi.













