Prezident Şavkat Mirziyoyev 6 fevral kuni elektromobil işlab çiqarişni kengaytiriş çora-tadbirlari böyiça taqdimot bilan tanişdi.
«Mamlakatimizda avtomobilsozlik böyiça katta tajriba va infratuzilma bor. Bugungi kunda 8 ta zavodda önlab turdagi avtomobillar, yölovçi va yuk maşinalari, qişloq xöjaligi va maxsus texnikalar işlab çiqarilmoqda. Yana 2 mingdan ziyod korxonada kooperatsiya asosida butlovçi va ehtiyot qismlar tayyorlanmoqda.
Ötgan yili dekabrda bölgan yiğilişda davlatimiz rahbari elektromobillar hayotga tez kirib kelayotganini ta’kidlab, bu sohani özlaştiriş böyiça topşiriqlar bergan edi. Joriy yil yanvarda Xitoyga davlat taşrifi çoğida Prezidentimiz BYD kompaniyasining boş qarorgohida böldi. Uşbu kompaniya bilan hamkorlikda Jizzax viloyatida gibrid va elektr avtomobillarni yiğiş böyiça loyiha boşlandi. Kompaniya rahbari bilan muzokara çoğida yaqin istiqbolda işlab çiqariş quvvatini yiliga 500 ming donagaça yetkaziş böyiça fikr almaşilgan edi.
Bu zamon talab qilayotgan yönaliş. Sönggi uç yilda Özbekistonda elektromobillar sotuvi 10 barobar köpaygan. 2023 yilda import qilingan avtomobillarning 35 foizini elektromobil va gibridlar taşkil qilgan», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
Şu bois, mutasaddilarga bu yönalişdagi marralarni kengroq olib, loyihalarni jadallaştiriş böyiça körsatmalar berildi. BYD kompaniyasi hamkorlarini jalb qilib, elektromobillar uçun butlovçi qismlarni özlaştiriş zarurligi ta’kidlandi.
Mazkur yangi tarmoqda raqobatbardoş böliş uçun, eng avvalo, innovatsiya va ilğor texnologiyalar kerak. Şu bois, Turin politexnika instituti, muhandislik markazlari, ilmiy institut va laboratoriyalarni özaro boğlaydigan yaxlit tizim yaratiş vazifasi qöyildi.

Şuningdek, bu soha rivojlanişi bilan mutaxassis va işçilarga talab ortadi. Yaqin uç yilda bu talab 10 mingga yetişi mumkin. Şuning uçun malakali kadrlar tayyorlaşni hozirdan boşlaş kerakligi qayd etildi.
Elektromobillarni quvvatlaş stansiyalarini rivojlantiriş böyiça dastur işlab çiqilişi belgilandi.














