2023 yilda tezkor tölov tizimlari orqali amalga oşirilgan tranzaksiyalar soni 2022 yilga nisbatan 78 foizga, hajmi 35 foizga oşib, mos ravişda 31,4 mlntani va 603,8 trln sömni taşkil etgan. Bu haqda Markaziy bank axborot xizmati xabar berdi.

2023 yil davomida Hisob-kitoblar kliring tizimi orqali amalga oşirilgan tölovlarning 49,6 foizi UzAuto Motors, 13,3 foizi ğaznaçilik, 5,8 foizi jismoniy şaxslardan undirilgan soliqlar va yiğimlar, 5,7 foizi Majburiy ijro byurosi uçun amalga oşirilgan.
Ötgan yil davomida Uzcard va Humo tölov tizimlari orqali amalga oşirilgan kartadan kartaga pul (P2P) ötkazmalari 224,3 trln sömni taşkil etgan. Bu körsatkiç 2022 yilga nisbatan 80,8 trln sömga yoki 56 foizga köp.
2023 yildagi P2P tölovlarining 65,7 foizi Uzcard va 34,3 foizi Humo hissasiga töğri kelib, 2022 yilda tölov tizimlarining uluşi mos ravişda 68,3 foiz va 31,7 foiz bölgan.
Şuningdek, 2023 yilda QR-online axborot tizimi tomonidan tadbirkorlik sub’yektlariga taqdim qilingan QR kodlar soni 2022 yilga nisbatan 3 mingtaga ortib, 100,7 ming donaga yetgan va tranzaksiyalar summasi qariyb 2,5 barobarga ortib, 137 mlrd sömdan 337 mlrd sömgaça oşgan.













