Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi yaşirin sex şaroitida tayyorlangan qalbaki dorilar sotuvga çiqarilganidan ogohlantirdi. 

Ma’lum qilinişiça, DXX xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda Çortoq tuman tez yordam bölimi feldşeri tomonidan yaşirin sex şaroitida tayyorlangan “Zodak”, “Anaferon”, “Xilak Forte” va “Vitamin B6” nomli qalbaki dori vositalari Andijon, Farğona va Toşkent şaharlaridagi dorixonalarda sotuvga çiqarilgani aniqlangan.  

Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi Özbekiston hududida dori vositalari va tibbiyot buyumlarning ulgurji va çakana savdosi bilan şuğullanuvçi (idoraviy mansubligi, mulkçilik va xöjalik yuritiş şakllaridan qat’i nazar) barça taşkilotlarni ogohlikka çaqirdi.

“Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati töğrisidagi qonun va qonunosti hujjatlariga, şuningdek, dori vositalari va tibbiy buyumlar muomalasini texnik jihatdan tartibga soliş sohasidagi normativ hujjatlar talablariga majburiy rioya etiş farmatsevtika sohasida litsenziya talablari va şartlari etib belgilangan.

“Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati töğrisida”gi qonunning 20-moddasiga muvofiq, sifatsiz, qalbakilaştirilgan, Özbekistonda röyxatdan ötkazilmagan dori vositalarini va tibbiy buyumlarni, şuningdek, Özbekiston Respublikasida röyxatdan ötkazilgan dori vositalarining ğayriqonuniy nusxalarini xarid qiliş, çakana realizatsiya qiliş hamda ulardan foydalaniş taqiqlanadi.

Şu örinda, Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 21 fevraldagi 80-son qarori bilan tasdiqlangan “Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalaş tartibi töğrisida yagona nizom”ga muvofiq, Özbekistonda röyxatdan ötkazilmagan, sifatsiz, qalbakilaştirilgan dori vositalarini va tibbiy buyumlarni, şuningdek, Özbekiston Respublikasida röyxatdan ötkazilgan dori vositalarining ğayriqonuniy nusxalarini saqlaş va (yoki) realizatsiya qiliş litsenziya talablari va şartlarini qöpol ravişda buzilişi hisoblanib, litsenziyaning amal qilişini belgilangan tartibda töxtatilişiga olib kelişini eslatib ötamiz.

Yuqoridagilarga asosan, mazkur litsenziya talablari va şartlarini buzgan dori vositalari va tibbiy buyumlarning ulgurji va çakana savdosi bilan şuğullanuvçi (idoraviy mansubligi, mulkçilik va xöjalik yuritiş şakllaridan qat’i nazar) barça taşkilotlarni faoliyat uçun berilgan litsenziyasi bekor qilinib, qat’iy çoralar körilişi töğrisida ogohlantiramiz”, deyiladi markaz xabarida.

Oldinroq DXX Namangan viloyatida ötkazilgan tezkor tadbirda «Zodak», «Anaferon», «Xilak Forte» va «Vitamin B6» nomli qalbaki dori vositalarini tayyorlaş hamda sotiş bilan şuğullangan feldşerni qölga