Davlat xavfsizlik xizmati Namangan viloyatida ötkazilgan tezkor tadbirda «Zodak», «Anaferon», «Xilak Forte» va «Vitamin B6» nomli qalbaki dori vositalarini tayyorlaş hamda sotiş bilan şuğullangan feldşerni qölga oldi.

Ta’kidlanişiça, Çortoq tuman Tibbiyot birlaşmasining tez yordam bölimi feldşeri 1000 dona qalbaki «Zodak» dori vositasini Andijon viloyatiga sotiş maqsadida olib ketmoqçi bölgan vaqtida uşlangan. Uning yaşaş xonadoni közdan keçirilganda dori vositalari işlab çiqariş uçun möljallangan yaşirin sex borligi aniqlanib, 763 dona «Anaferon», 2125 dona «Zodak», 4000 dona «Vitamin B6» dori vositalari, 570 dona nomsiz flakonlarda siroplar, dori vositalarini qadoqlaşda foydalaniladigan flakonlar, qutilar, yöriqnoma va yorliqlar protsessual tartibda rasmiylaştirib olingan.

Qayd etilişiça, mazkur şaxs tayyorlangan dori vositalarini saqlaş uçun qarindoşining yaşaş xonadonidan ombor sifatida foydalangan. Tadbir davomida uşbu manzildan sotiş uçun tayyorlab qöyilgan 120 dona «Zodak», 260 dona «Anaferon», 96 dona «Xilak Forte» hamda 313 dona nomsiz flakonlarda sirop holdagi dori vositalari topilgan.

Bildirilişiça, yaşirin sexda tayyorlangan dori vositalari Andijon, Farğona va Toşkent şaharlaridagi dorixonalarda sotuvga çiqarilgan.

Tergovga qadar tekşiruv davomida feldşer 2023 yilning sentabr oyidan buyon uşbu noqonuniy iş bilan şuğullanib kelganligi ma’lum böldi. Feldşerni Andijon viloyatida yaşovçi fuqarolar Qirğizistondan noqonuniy yöllar bilan olib kelingan dori vositalari xom-aşyolari bilan ta’minlab turgan. Hozirda ularning şaxsiga aniqlik kiritilmoqda.

Holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 186-3-moddasi 2-qismi «b» va «e» bandlari bilan jinoyat işi qözğatilib, mazkur şaxsga nisbatan qamoq ehtiyot çorasi qöllanilgan.