O‘zbekiston | 02:02 / 25.05.2017
19680
1 daqiqa o‘qiladi

"Toshshahartransxizmat"ga yangi boshqaruv raisi tayinlandi

Bugunga qadar №2 va №3 avtobus parklarini rahbari bo‘lgan Anvar Jo‘rayev "Toshshahartransxizmat" raisi etib tayinlandi. Bu haqda kompaniya saytida ma'lum qilindi. 

Foto: Toshshahartransxizmat

Anvar Jo‘rayev 1982 yilda tavallud topgan. 2003 yilda Toshkent avtomobil yo‘llari institutini va 2010 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. 

Kompaniyaning avvalgi rahbari Otabek Sodiqov lavozimida 2014 yil yanvaridan boshlab, 2017 yilning may oyiga qadar ishladi. 

Азимжон Бердибеков
Tayyorlagan Азимжон Бердибеков
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid