Transport vaziri va qator mas’ullarga hayfsan berildi
Prezident o‘tkazayotgan yig‘ilishda Toshkent shahrida tirbandlikni kamaytirish va jamoat transportini yaxshilashdagi kamchiliklar tufayli transport vaziri, uning birinchi o‘rinbosari, IIV Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati boshlig‘i va “Toshshahartransxizmat” AJ raisiga hayfsan e’lon qilindi va oxirgi ogohlantirish berildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident raisligida uy-joy, qurilish, kommunal xo‘jaligi, transport va ekologiya sohalarida amalga oshirilgan ishlar va ustuvor vazifalar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazilmoqda.
Ta’kidlanishicha, ushbu tizimda 3 ta vazirlik va idora, 3 ta inspeksiya, 5 ta kompaniya, hududlarda qurilish, uy-joy va kommunal xo‘jaligi sohalariga mas’ul hokim o‘rinbosarlari borligi, poytaxt va Toshkent viloyati hokimlariga qurilish va kommunal sohaga alohida o‘rinbosar berilganiga qaramay, bu kompleks xalq eng ko‘p norozi bo‘lib murojaat qiladigan sohalardan biri bo‘lib qolmoqda.
Davlat rahbari qurilish sohasiga zamonaviy standartlarni joriy qilib, qurilish normalarini yangilash, ichimlik suvi tannarxi va tarmoqdagi yo‘qotishlarni kamaytirish, mahalliy aviareyslarni ko‘paytirish, Toshkent shahrida tirbandlikni kamaytirish va jamoat transportini yaxshilashdagi kamchiliklarni birma-bir sanab, mutasaddilarning bu boradagi ishlari qoniqarsiz ekanligini qayd etdi.
Shu munosabat bilan transport vaziri Ilhom Mahkamov, uning birinchi o‘rinbosari Mamanbiy Omarov, IIV Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati boshlig‘i Olim Saidov va «Toshshahartransxizmat» AJ raisi Anvar Jo‘rayevga hayfsan e’lon qilindi va oxirgi ogohlantirish berildi.
Ilhom Mahkamov 2019 yilda transport vaziri birinchi o‘rinbosari lavozimida ish boshlagan, 2021 yil fevralidan buyon transport vaziri lavozimida ishlab kelmoqda, u 2024 yil 18 yanvarda ham mahalliy mahsulotlarni tashqi bozorlarga yetkazishda ishonchli logistika zanjirlarini tashkil qilish bo‘yicha o‘z yechimini kutayotgan masalalarga bag‘ishlab o‘tkazilgan yig‘ilishda ogohlantirilgandi.
O‘shanda vazir yuk tashish uchun qo‘shimcha yig‘imlar, haydovchilar uchun viza rejimi murakkabligi va boshqa masalalar bilan lozim darajada shug‘ullanmayotgani uchun ogohlantirilgan.
Mamanbiy Omarov muqaddam Qoraqalpog‘iston Respublikasi transport vaziri bo‘lgan, 2023 yil sentabrida transport vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga o‘tgandi.

Olim Saidov 2019 yil noyabridan IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi boshlig‘i bo‘lgan, 2022 yil yanvarida uning lavozimi IIV Jamoat xavfsizligi departamenti boshlig‘i o‘rinbosari – yo‘l harakati xavfsizligi xizmati boshlig‘i lavozimiga o‘zgartirilgandi.

Anvar Jo‘rayev 2017-2018 yillarda «Toshshahartransxizmat» raisi bo‘lgan, 2019 yilda yana shu lavozimga qaytarilgandi.

Tavsiya etamiz
“Gentra – qorong‘ilik timsoli” – Mirshakar Fayzulloyev
O‘zbekiston | 19:25 / 20.04.2025
AQShda bir oy ichida minglab talabalarning vizalari bekor qilindi
Jahon | 23:47 / 18.04.2025
Toshkent viloyatidagi ba’zi yo‘llarda ruxsat etilgan tezlik 80 km/soatgacha cheklandi
O‘zbekiston | 23:28 / 18.04.2025
Orol dengizining qurigan tubi yildan yilga ko‘tarilib borayotgani aniqlandi
O‘zbekiston | 19:14 / 18.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalarini tashkil etishning minimal mezonlari tasdiqlandi
O‘zbekiston | 21:23
-
RF mudofaa vazirligi «Pasxa sulhi» yakunlanganini e’lon qildi
Jahon | 21:01
-
Rossiya IIV maktablardagi migrant bolalarning ro‘yxatini yuritishni boshlaydi
Jahon | 20:45
-
WP: Ilon Mask Hukumat samaradorligi departamentini tark etishga tayyorlanmoqda
Jahon | 20:42
Mavzuga oid

16:08 / 28.03.2025
«Toshshahartransxizmat»ning sobiq rahbari va 20 kishiga sud hukmi o‘qildi

21:47 / 18.10.2024
Tirbandlik, tramvay loyihasi, haydovchilarga jazo va temiryo‘llarda sifat – transport vaziri bilan intervyu

20:00 / 20.07.2024
Cheksiz qoidabuzarlik huquqi, sinovdagi Seagull va testdan yiqilgan “DTM” - hafta dayjesti

10:54 / 18.07.2024