Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 15 martdagi 140-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomda umumiy örta ta’lim maktablarida 1-sinf öquvçilariga qöşimça ta’til belgilanişi nazarda tutilgan. Bu haqda Maktab va maktabgaça ta’lim vazirligi matbuot xizmati rahbari Dilfuza Sobirova eslatib ötdi.
Nizomga köra, 1-sinf öquvçilari uçun fevral oyi davomida qöşimça bir haftalik ta’til beriladi. Ta’til muddati maktabning pedagogik kengaş qarori asosida belgilanadi.













