Qozoğistonning Korrupsiyaga qarşi kuraş xizmati sobiq prezident Nursulton Nazarboyevning jiyani Qayrat Sotiboldiulidan yana 44,6 milliard tengeni (98 million dollar) musodara qildi, u davlat mablağlarini özlaştirganlikda ayblanib, 6 yilga qamalgan. 

Mablağlar davlatga yetkazilgan zararni qoplaş uçun respublika budjetiga ötkazildi. 

Sotiboldiuli 2022 yil mart oyi örtalarida mansab vakolatini suiiste’mol qiliş va «Kazaxtelekom» AJ bilan «Tsentr transportnogo servisa» AJ mablağlarini öta yirik miqdorda özlaştirişda gumonlanib hibsga olingan edi. Keyinçalik ma’lum bölişiça, Sotiboldiuli va uning sobiq rafiqasi Gulmira ham biznesni bosqinçilik yöli bilan egallab olganlikda gumon qilingan. 

2022 yil sentabr oyida Ostona şahri sudi Sotiboldiulini öğirlikda aybdor deb topib, mol-mulki musodara qilinib, 10 yilga davlat xizmatida işlaş huquqidan mahrum qilingan holda 6 yillik qamoq jazosiga hukm qildi. 

Bundan taşqari, sud uni Qozoğiston milliy xavfsizlik organlari general-mayori maxsus unvonidan, şuningdek, «Kurmet» va «Parasat» davlat ordenlaridan mahrum etiş böyiça taklif kiritdi. 

2023 yil dekabr oyida Sotiboldiuli şartli ravişda ozod qiliş töğrisida sörov yubordi, ammo sud uning iltimosini rad etdi. 

Avvalroq, Korrupsiyaga qarşi kuraş xizmati Sotiboldiuli va unga aloqador şaxslar tomonidan noqonuniy yöllar bilan qölga kiritilgan 464 milliard tengedan (1 milliard dollar) ortiq mulk va mablağlar davlatga qaytarilgani haqida xabar bergan edi.