Migratsiya agentligi, Taşqi işlar vazirligi hamda Özbekistonning Qatardagi elçixonasi mas’ullari Doha şahrida migratsiyaga oid uçraşuvlar ötkazdi.

Qatar mehnat vaziri Ali bin Said bilan muloqotda uşbu mamlakat mehnat bozorida talab yuqori sohalarni (tibbiyot, turizm, aviatsiya, axborot texnologiyalari) malakaviy talablarini örganiş va Özbekistonda maqsadli tayyorlov kurslarini yölga qöyiş masalalari muhokama qilindi.

Uçraşuv yakunlariga köra, Qatar Bandlik va Soğliqni saqlaş vazirliklari vakillarining Özbekistonga taşrifi amalga oşirilib, idoralararo işçi guruh taşkil etiladi hamda tibbiyot xodimlarini Qatar standartlari asosida tayyorlaş böyiça maxsus ta’lim dasturi yölga qöyiladi.

Qatarning davlat bandlik taşkiloti rahbari Abdulhadiy Barkan bilan ötkazilgan muzokaralarda Qatarda işlaş istagidagi yoşlar uçun 2026 yil sentabr oyida Toşkentda 50 dan ortiq iş beruvçilar iştirokida “Özbekiston — Qatar mehnat forumi” ötkazilişiga kelişib olindi.

Şuningdek, "Qatar Airways" vitse-prezidenti Fathi Atti bilan uçraşuv ötkazildi. Uçraşuv natijasiga köra, joriy yil may–iyun oylarida aviatsiya sohasida 65 nafar nomzod (bort kuzatuvçisi, muhandis, aeroport xodimlari) tanlab olişga va "Qatar Airways"da yuqori maoşli işlarga joylaştirişga, kelgusida uçuvçilik, mexanika, elektrotexnika va muhandislik sohalarida 1 600 nafar oliy ma’lumotli mutaxassisni işga jalb qiliş böyiça loyihani amalga oşirişga kelişildi.