Muzokara bosqiçiga ötgan navbatdagi sud majlisida Farmagentlikning sobiq rahbari Sardor Kariyevni himoya qilayotgan advokatlar F.Xudayberganov, T.Rahmatov, U.Latifov va A.Nabiyevning himoya nutqlari tinglandi.

Dastlabki tergov organi tomonidan uşbu jinoyat işini tergov qilişda qonunning bu talabiga rioya qilinmadi. Dastlabki tergov bir tomonlama, tirnoq tagidan kir qidiriş zaylida, faqat ayblov yönalişida olib borildi.

Dastlabki tergov tomonidan e’lon qilingan ayblov esa işning haqiqiy holatlariga nomuvofiq tarzda, şaxsning harakati bilan körsatilayotgan oqibat örtasidagi sababiy boğlaniş bor-yöqligini aniqlaştirmasdan, taxminiy farazlar keltiriş orqali şakllantirilgan. Ayblovda sohaga taalluqli u yoki bu qonunçilik normalarini inobatga olmaslik yoki notöğri talqin qiliş holatlari ham mavjud.

Sud tergovi davomida S.X.Kariyevning himoyaçilari tomonidan jinoyat işi böyiça olib borilgan barça tahlillar natijasida, dastlabki tergov organi tomonidan bir butun jinoyat sifatida körsatişga harakat qilingan holda şakllantirilgan ayblovning töliq tarkibi, bir biriga boğliq bölmagan alohida uçta qismdan iborat holatlar ekani aniqlangan.

Jumladan, ulardan birinçisi, “Marion Biotech Pvt. Ltd” korxonasi tomonidan işlab çiqarilgan “Dok-1 Maks” va “Ambronol” dori vositalarining davlat röyxatidan ötgani haqidagi guvohnomalari muddatini uzaytiriş bilan boğliq holda “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlaştiriş davlat markazi” DUKning röyxatdan ötkaziş bölimi, laboratoriya, Farmakopeya va Farmakologiya qömitalari hamda Ekspertlar kengaşining xodim va a’zolariga taalluqli holatlar taxlili bilan boğliq.

Ikkinçisi esa, “Kuraraks” dori vositasi böyiça “Marion Biotech Pvt. Ltd” korxonasining GMP inspeksion tekşiruvidan yeçiş va dori vositasiga guvohnoma berib yuborilişiga, göyoki bir tomondan sudlanuvçi Singxning J.Erkiniy orqali Ş.Şodmonovga 33.000 AQŞ dollari miqdorida pul bergani va ikkinçi tomondan göyoki S.X.Kariyevning bu borada qöl ostidagilarga topşiriq bergani hamda bularga aloqador ravişda GMP inspeksion tekşiruvi bilan boğliq holatlar tahlilidir.

Uçinçisi esa, “Marion Biotech Pvt. Ltd” korxonasining 2022 yilda Özbekistonda röyxatdan va qayta röyxatdan ötgan 12 xil dori vositalari hujjatlarini Özbekiston Soğliq saqlaş vazirligi va Markaz xodimlari qöli bilan “ekspertiza” şaklida tekşiruvdan ötkaziş yöli bilan ularning hammasini “Dok-1 Maks” va “Ambronol” dori vositalarining Özbekistonga kirib kelişini töxtatiş imkoni bilan asossiz boğlangan holatni örganiş natijalaridir.