“Dok-1 Maks” siropi sababli nogiron bölib qolgan bolalarga “davlat tomonidan kafolatlangan tibbiy yordam” berilmoqda, deya ma’lum qildi soğliqni saqlaş vaziri Asilbek Xudoyorov.
“Xabar olyapmiz, ularning asorati borlariga kafolatlangan tibbiy yordam körsatyapmiz. Bu iş böyiça hali suriştiruv va tergov jarayonlari davom etyapti. [...] yordam berilyapti, hammasining alohida röyxati bor”, – degan vazirning jurnalistlar bilan suhbatdagi sözlarini keltirmoqda Gazeta.uz.
Ammo, farzandi “Dok-1 Maks”dan zaharlanib, 65 kun komada yotgan Feruz Nuritdinov Daryo.uz bilan suhbatda vazirning gapi töğri emasligini aytgan.
“Öşa vazir ham, uning xodimlari ham, hatto davlatning birorta şifoxonasi şifokorlari ham biror marta öğlimning holidan xabar olmagan-ku. Qanday qilib kömak berayotgan ekan? Hatto uyimning eşigi qaysi tomonga oçilişini bilmay turib, biz nogiron bölib qolgan bolalarni davolayapmiz, kömak beryapmiz deyişga uyalmadimi? Öşa vazirdan sörang-çi, dorimas, birorta şprits berganmikan? Vazir bunday yolğon gapirib tursa, undan pastdagilardan nima kutaylik?” – degan ota.
Feruz Nuritdinovning aytişiça, SSV rahbarining bu gapidan söng köplab ota-onalar u bilan körişiş niyatini bildirgan.
Jabrlanuvçining sözlariga köra, u farzandini davolatiş uçun ayni kunga qadar sotilgan uyi va yaqinlaridan olingan qarzlari evaziga töplangan katta miqdordagi mablağini sarflab bölgan. Şunga qaramay, uning farzandi gapirolmaydigan, yurolmaydigan nogironga aylangan.
Rasmiy ma’lumotlarga köra, 2022 yil oxiri – 2023 yil boşida “Dok-1 Maks” va “Ambronol” dori vositalari sabab 68 nafar bola vafot etgan, kamida 18 nafar bola nogiron bölib qolgan. Oçilgan jinoyat işlari böyiça birinçi instansiya sudi 23 kişini aybdor deb topdi.
Hukmga asosan, Quramax rahbari Singh Ravendra Pratap (20 yilga qamaldi), Farmagentlik sobiq rahbari Sardor Kariyev (18 yilga qamaldi) va boşqalar – jami 7 nafar sudlanuvçidan vafot etgan 68 nafar marhum va 4 nafar soğliği öta oğir ahvoldagi bolaning qonuniy vakillarining har biriga 1 mlrd sömdan









