Özbekistonda köplab bolalarning ölimiga sabab bölgan «Dok-1 Maks» preparati işlab çiqaruvçisiga Hindistonda ham jinoyat işi qözğatilib, bir qança şaxslar tergovga tortilgan. Ammo u yerda olib borilayotgan tergov yoki sud jarayoni haqida heç qanday ma’lumot yöq. Kun.uz mazkur jinoyat işi böyiça batafsil ma’lumot oliş maqsadida Hindistonning Özbekistondagi elçixonasida bölib, elçining siyosiy masalalar böyiça maslahatçisi Arif Said bilan suhbatlaşgandi.

Arif Said iyul oyi oxirida keladigan delegatsiya har bir jihatga alohida töxtalib, töliq ma’lumot berişini ta’kidlab ötgandi.

Ma’lum bölişiça, Hindiston farmatsevtika mahsulotlari eksportini qöllab-quvvatlaş kengaşi (Pharmexcil) 21-31 iyul kunlari Qozoğiston, Tojikiston va Özbekistonga delegatsiya jönatgan. Xususan, uşbu delegatsiya 29-30 iyul kunlari Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasida biznes uçraşuvlar ötkazişi közda tutilgan.

Hindiston elçixonasi va’da bergan oçiq matbuot anjumani va jurnalistlar savollariga javob beriş masalasi kun tartibida yöq. Şu paytga qadar Hindistonda olib borilayotgan sud jarayoni haqida ham sukut saqlanib kelinmoqda.