Moskvada Rossiya Oliy sudining majlisi bölib ötdi, unda Boris Nadejdinning Markaziy saylov komissiyasiga qarşi da’volari körib çiqildi. Ular rad etildi, deb xabar berdi The Insider. 

Birinçi da’voga köra, Nadejdin MSK talabini ortiqça deb topişni söradi. Unga köra, komissiya boşqa mintaqalardan kelib Moskvada imzo yiğuvçilar tomonidan töplangan imzolarni rad etdi, garçi qonun buni taqiqlamagan bölsa ham. 

Oliy sud Nadejdinning pozitsiyasini «mantiqsiz» deb topdi va «öz hujjatlarini tayyorlaş va taqdim etiş jarayonidagi kamçiliklarni Markaziy saylov komissiyasi hujjatlaridagi kamçiliklarni izlaş yöli bilan xaspöşlaganini» qayd etdi. Şunday qilib, sud MSK qarorini qonuniy deb atadi va Nadejdinning da’vosini rad etdi. 

Ikkinçi da’voda Nadejdin imzo varaqlarini tekşiriş töğrisidagi bayonnoma şakliga e’tiroz bildirdi. Unda dastxat böyiça ekspertlar xulosasi yöqligini qayd qildi. Nadejdin da’vosiga köra, aynan Markaziy saylov komissiyasining dastxat böyiça ekspertlari 4500 dan ortiq imzoni rad etgan, biroq buning sababini asoslab bermagan. Uşbu da’vo ham rad etildi, çunki taqdim etilgan bayonnomalardan «barça xulosalarni çiqariş mumkin». 

Ilgari Markaziy saylov komissiyasi Nadejdinni Rossiya prezidentligiga nomzod sifatida röyxatga olişni rasman rad etgan edi. Qarorning rasmiy sababi şundaki, nuqsonli imzolar miqdori ruxsat etilgan 5 foizdan oşib ketgan. Şundan söng, u Markaziy saylov komissiyasining qarori ustidan Oliy sudga şikoyat qildi. Nadejdin butun Rossiya böylab 200 mingdan ortiq imzo töplaganini yozdi. 

«Biz imzo yiğiş jarayonini oçiq va halol ötkazdik – butun dunyo bizning ştab-kvartiramiz va yiğiş punktlaridagi navbatlarni kuzatdi. 2024 yilgi prezidentlikka nomzodim hayotimdagi eng muhim siyosiy qarordir. Men niyatimdan qaytmayman», dedi u.