Donald Tramp 2024 yil noyabrida bölib ötadigan AQŞ prezidenti saylovida ğalaba qozonsa, tomonlarni tinçlik muzokaralariga qaytişga majburlaş uçun Rossiya va Ukrainaga bosim ötkaziş imkoniyatini körib çiqmoqda. Bu haqda Bloomberg öz manbalariga tayanib xabar berdi.
Siyosatçining maslahatçilari Tramp bilan Rossiya va Ukrainani muzokara stoliga «ötqaziş» imkoniyatini muhokama qilgan. Ukrainaning muzokaralarga qaytiş qaroriga AQŞ harbiy yordamini töxtatiş haqidagi va’da ta’sir qilişi mumkin. Öz navbatida, Rossiyaga, aksinça, Qöşma Ştatlar tomonidan Kiyevni qöllab-quvvatlaş kuçayişi bilan tahdid qilinişi mumkin.
Trampning bir qança maslahatçilari, jumladan Larri Kudlou va Robert ÖBrayyen ham Putinning uruşni davom ettiriş qaroriga ta’sir ötkaziş uçun Rossiya Markaziy bankiga qarşi sanksiyalarni kuçaytirişga oçiq oydin çaqirişgan edi.
Hozirça Tramp jamoasidan heç kim rossiyalik va ukrainalik vositaçilar bilan muzokaralar olib bormayapti, çunki AQŞ qonunçiligi xususiy şaxslarga mamlakat hukumati nomidan bunday darajada muzokara olib borişni taqiqlaydi.
Bundan taşqari, Trampning ittifoqçilari «ikki bosqiçli NATO» ğoyasini muhokama qilmoqda. Bunda NATO şartnomasining 5-moddasi faqat mudofaa xarajatlari maqsadlariga erişgan mamlakatlarga taalluqli böladi. Trampning ba’zi ittifoqçilari ham NATO taşkilotidagi ortda qolgan mamlakatlarga yangi tariflar joriy etiş tarafdori.
Bloomberg ta’kidlaganidek, agar bu taşabbuslar amalga oşsa, ular ön yilliklar davomidagi AQŞ taşqi siyosatini tubdan özgartiradi va «Sovuq uruş» davridan beri Yevropa xavfsizligini belgilab bergan NATO bölinişiga olib keladi.
2023 yil iyun oyida Donald Tramp Ukraina uruşni töxtatişi uçun Rossiyaga ba’zi hududlarni berişga majbur bölişi mumkinligini tan olgan edi. Ukraina rasmiylari uruşni tugatişning asosiy şarti Rossiya qöşinlarini mamlakat hududidan olib çiqib ketiş deb hisoblamoqda. Rossiya Kiyevdan özi bosib olgan hududlarni Rossiyaniki deb tan olinişini talab qilmoqda. Moskva muntazam ravişda Kiyevni uruş boşida bölib ötgan muzokaralarni töxtatganlikda ayblab keladi.
Tramp bir neça bor Qöşma Ştatlar NATO uçun juda köp kuç va pul sarflayotganini ta’kidlagan, şuningdek, mamlakatni Şimoliy Atlantika alyansidan çiqariş bilan tahdid qilgan.













