Faqat Tojmahal emas: Hindistonda Boburiylar qurgan obidalardan reportaj
|15:00 / 18.02.202432 5257 min
Hindiston deganda xayolimizda birdan Tojmahal gavdalanadi. Lekin özining uç asrdan ortiq hukmronligi davrida Boburiylar hatto bugungi davrda ham Hindiston budjetiga har yili millionlab daromad keltirayotgan yuzlab obidalar qoldirgan. Kun.uz muxbiri Boburiylarga oid ommaga ma’lum va noma’lum manzillarda bölib, suloladan qolgan madaniy meros haqidagi qiziqarli ma’lumotlarni ulaşadi.
Boburiylar bugungi Hindiston yarimoroli hududi atrofida uç asrdan köproq hukmronlik qilgan bölişsa, şundan qariyb 200 yil davomida mamlakat sarhadlarini tobora kengaytirib, fotih hukmdorlarga aylanişgan. Bugun Hind diyoriga sayohat qilayotgan xorijiy sayyohlarning aksariyati hind madaniyatidan ham köra köproq Hindiston tarixida 300 yillik örni bölgan, Zahiriddin Muhammad Boburdan davom etgan sulola qoldirgan me’moriy obidalarni körişga oşiqişadi.
Boburiylardan qolgan ayrim yodgorliklar bugun hind ibodatxonalariga aylantirilayotgan bir şaroitda sulolaning madaniy merosi asrlar ötsa-da, hamon mamlakat xazinasiga mömaygina daromad ham olib kirayotganini inkor qilib bölmaydi.
Töğri, keltirayotgan foydasiga köra, temuriyzoda, boburiyzoda Şohjahon tomonidan qurdirilgan Tojmahalga yetadigani yöq. Qança deysizmi? Ötgan yili birgina şu masjid-maqbara davlat ğaznasiga deyarli 10 mln dollar yoki kunlik 27 ming dollardan foyda olib kelgan. Yillik örtaça 14 million daromad keltirişi aytilsa-da, bu miqdorning eng köpi 30 mln AQŞ dollarigaça ham yetgan. Bu hali çipta narxlari xolos.
Şu obidani köriş uçungina keladigan har yilgi 6-7 million sayyoh uçun transport, ovqatlaniş, savdo, mehmonxona, suğurta daromadlari va boşqa xizmat körsatiş turlaridan keladigan foydalar haqida esa gapirmadik.
Tojmahalga tölanadigan 13 dollarli çiptadan taşqari, xorijiy sayyohlar sulolaga oid buyuk Boburiylar qarorgohi
Agra qal’asi (8 AQŞ dollari miqdorida), Akbarşohdan qolgan vaqtinçalik poytaxt Fotihpur şahri (7 AQŞ dollari miqdorida), Uttar-Pradeşdagi Akbar maqbarasi (4 AQŞ dollari miqdorida), Jahongir Mirzoning boş rafiqasi Nurjahonbegim qurdirgan “Kiçik Tojmahal” – E’timod-ud-Davla yodgorligi (3,5 AQŞ dollari miqdorida), Boburdan qolgan Mehtob (3,5 AQŞ dollari miqdorida) va Orom boğlari (3,5 AQŞ dollari miqdorida), Akbar Mirzoning suyukli rafiqasi bölgan Maryam uz-Zamoniy maqbarasi (3,5 AQŞ dollari miqdorida), Avrangzebning ayoli Dilroz Bonubegim uçun qurdirilgan Avrangoboddagi Bibika maqbarasi (3,5 AQŞ dollari miqdorida), Şohjahon qurdirgan Marvarid masjidi (9 AQŞ dollari miqdorida) hamda Şalimar boği (6 AQŞ dollari miqdorida) va yana Parimahal boği, Allohobod qal’asi, Jahongir şoh tomonidan ayoli Şohbegim şarafiga bunyod etilgan Qusro boğidagi maqbara, Şişmahal, ya’ni Közgular saroyi, Muhammad Şoh Mirzoning boş vaziri Safdarjang uçun qurilgan maqbara, xullas, bu röyxatni davom ettiraversak, qimmatli vaqtingiz tugasa tugaydi-yu, röyxatimizning tugaşi amrimahol...
Öz davrida “Muborak Qal’a” deb ham atalgan, hindça “Lal Kila”, inglizça “Red Fort”, ya’ni “Qizil Qal’a” qarorgohi Şohjahon Mirzo buyruği bilan Tojmahal me’mori Ustod Ahmad Lahoriy tomonidan qurilgan. 200 yillik Şohjahonobod, ya’ni bugungi Dehli markazidagi saroy sayyohlar eng köp taşrif buyuradigan manzillardan biri sifatida e’tirof etiladi.
Tojmahaldan keyin keltiradigan foydasi böyiça Agra qal’asi ötgan yillarda 1,8 mln AQŞ dollari bilan 2-örinda bölgan bölsa, 3-örinni Qizil qarorgoh – Red Fort yillik 1,5 million AQŞ dollari bilan band qilgan. Kiriş çiptasini 500 rupiy yoki 75 ming sömga sotib olasiz.
Dehlining eng yuqori nuqtasi. Şohjahon Mirzo şu yerda hatto bugungi Hindistonda ham eng katta, deya baholanadigan Jamoa masjidini qurdiradi va bu manzil şoh masjidi sifatida ham doim siyosiy ahamiyatga ega bölib kelgan. “Jamoa” sözining talaffuzi “juma”ga yaqin bölgani uçun uni “Juma masjidi” ham deyişadi.
Yana bir muhim va qiziq ma’lumot: masjid oçilganda hukmdor bu yerga birinçi boş imomni Buxorodan çaqirtiradi va bugungi zamonamizda ham Jamoa masjidiga öşa davrdagi imom Sayid Abdulğofur Şoh Buxoriyning 14-avlodlari imomlik qiladi.
Masjidni foto yoki videotasvirga olişga kirganlar 300 rupiy (45 000 söm) pul tölaşadi. Içkariga oyoq kiyimlarda kiriş taqiqlanadi. Yoki kiraverişda sotilayotgan 100 rupiylik oyoq kiyimni sotib olasiz, yo hamma qatori oyoq yalang yurişingizga töğri keladi.
Bu tasvirlar olingan paytda taşqaridagi harorat 5 daraja iliq edi. Şu sovuqda odamlar oyoq kiyimsiz qanday yurişganini tasavvur qilavering.
XIX asrda taşkil etilganidan beri siyraklaşmaydigan gavjum Çauri bozorida sotilmaydigan mahsulot-u, körsatilmaydigan xizmatning özi bölmasa kerak. Bir paytlar zodagon ham, avom ham yiğilib, ham tijorat, ham madaniy hordiq çiqargan, şaharning eng qaynoq nuqtasi bölgan bu bozor köçalarida siz boşqa mamlakatlarda uçratmaydigan holatlarga duç kelişingiz mumkin. Misol uçun, tartibsiz tortilgan minglab elektr simlari, eski va yangi uylar, köça taomlari, köça sartaroşlari yoki quloq tozalaş xizmatlari şular jumlasidan.
Kunning istalgan qismida bu manzildan mana şunday tirbandliklar-u şovqin arimaydi. Ğala-ğovurlardan söng ruhiyat sokinlik istab qoladi. Şunda köçadagi istalgan bir rikşaga ötirasiz-da, Dehli yöllari böylab Humoyun Mirzo boğ-maqbarasiga qarab yöl olasiz.
1547 yilda qurilgan Humoyun Mirzo maqbarasi Boburiylar tarixidagi eng muhtaşam boğ-maqbara hisoblanib, Şohjahonobod, ya’ni bugungi Dehli markazidagi 27 gektarli katta maydonda joylaşgan.
Maqbarada nafaqat Humoyun Mirzo, balki uning ayollari Beka Begim, Hoji Begim, şuningdek, nevarasi Şohjahonning öğli Dara Şikoh va Boburiyzoda Jahondarşoh, Farruxsiyar, Rafi Ul-Darjot, Rafi Ud-Davlat, Muhammad Kam Baxş va Olamgir ikkinçilar dafn etilgan.
Mavsum bölmasa ham, maqbaraga taşrif buyurgan sayyohlar sonining qançalik köpligini körib, bu manzil ham mamlakat budjetiga yaxşigina daromad keltirayotganini xulosa qiliş mumkin.
Biz bugun 17-asr oxirida özining qudrati çöqqisiga yetgan, 3,2 mln kv.kmli maydoni bugungi Eron yoki Möğuliston hududlaridan ikki baravar katta bölgan, dunyo aholisining qariyb 29 foizini özida jamlagan, imperiyadagi 150 mlndan ortiq odam soni hozirgi Rossiya davlatinikidan ham köp bölgan buyuk Boburiylar davlatining Hindiston yarimorolida qoldirgan boy madaniy merosi haqida qisqagina ma’lumot berdik.
Aslida esa bu mavzu doimiy ravişda tadqiq etilişi, örganilişi, örgatilişi, zamonamizda yaşayotgan ham temuriyzoda, ham boburiyzoda bölgan bu sulola avlodlari bilan aloqalar yölga qöyilib, muhim va qiziq ma’lumotlar barçaga ulaşib borilişi lozim.